Rasmiy xabar: Sergey Lushchan o'z arizasiga ko'ra istefoga chiqdi
06 noy 2020 14:55
Yangiliklar


Rasmiy xabar: Sergey Lushchan o'z arizasiga ko'ra istefoga chiqdi
Pro liga yakuniy bosqich 15-turi doirasidagi Dinamo - Turon (1:2) uchrashuvidan keyin Dinamo klubi murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi.
Jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan o'z arizasiga ko'ra, lavozimini tark etdi. Yordamchi murabbiy Muhiddin Ortiqov ham klub bilan do'stona xayrlashdi.
«Dinamo» PFK jamoasi klubdagi faoliyati va hamkorlik uchun har ikki mutaxassisga minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatiga omad tilab qoladi.
Klub rahbariyati bosh murabbiy masalasida aniq qarorga kelgach, bu haqda malum qilinadi.
Malumot uchun, Sergey Lushchan 11 iyul kuni «Dinamo» klubi bosh murabbiyi sifatida ish boshlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar