So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  2 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Superliga. "Dinamo" Termizda ishonchli g'alabaga erishdi Yangiliklar

Superliga. "Dinamo" Termizda ishonchli g'alabaga erishdi

Superliga 24-turidan o'rin olgan uchrashuv yakuniga etdi.

Superliga

24-tur

"Surxon" – "Dinamo" 0:2  

Termiz. "Surxon Arena". 17:00

Gollar: Firdavs Abdurahmonov (Richard Fraydey) 7', Jahongir Abdusalomov (Dmitriy Pletnyov) 29'

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Shohinur Boymatov

Nazoratchi: Timur Abdullaev

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Zilola Rahmatova

Komissar: Oybek Ikromov

"Surxon": 16.Dilshod Yo'ldoshev, 2.Behruz Karimov, 5.Jamoldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Doston Tursunov (19.Muhammad-Ali Abdurahmonov, 65), 10.Rustam Turdimurodov, 18.Nodir Abdixoliqov (15.Diyor Ramazonov, 65), 24.Sherzod Komilov (9.Muhsin Bozorov, 72), 27.Asilbek Jumaev, 66.Behro'z Shaydulov (22.Javohir Jo'raev, 56), 99.Sunnatilla Poyonov (14.Sarvar Abduhamidov, 72).

Zaxira: 86.Davron Merganov, 20.Sardor Mahmudov, 23.Kamron Yusupov, 26.Behruz Shukurullaev.

"Dinamo": 27.Edem Nemanov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 10.Anvar Hojimirzaev (8.Sanjar Qodirqulov, 83), 16.Richard Fraydey (25.Oybek O'rmonjonov, 46), 18.Oleksandr Kucherenko, 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (22.Ulug'bek Abdullaev, 83), 37.Firdavs Abdurahmonov (23.Behruzbek Oblaqulov, 73), 55.Dmitriy Pletnyov (88.Marko Stanoevich, 83), 77.Mahmud Mahamadjonov.

Zaxira: 13.Ravshanbek Yagudin, 4.Akbar Abdirasulov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov.

Ogohlantirishlar: Jahongir Abdusalomov (16), Mahmud Mahamadjonov (18), Dmitriy Pletnyov (58), Behzod Shamsiev (68), Firdavs Abdurahmonov (70), Sarvar Abduhamidov (78), Edem Nemanov (85).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi. 

85. Edem Nemanov vaqt cho'zgani uchun sariq kartochka oldi. 

83. "Dinamo"da 3 ta almashtirish: Hojimirzaev o'rniga Qodirqulov, Abdusalomov o'rniga Abdullaev, Pletnyov o'rniga Stanoevich tushirildi. 

82. Zarbaaa! Abduhamidovning qulay pasidan so'ng Turdimurodov yaqin masofadan kuchli, ammo noaniq zarba yo'lladi. 

81. Hojimirzaevning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini himoyachilar uzoqlashtirishdi. 

78. Abduhamidov Oblaqulovni yiqitdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

76. Zarbaa! Pletnyovning bosh bilan yaqin masofadan bergan zarbasi noaniq ketdi. 

73. "Dinamo"da o'zgarish: Abdurahmonov o'rniga Oblaqulov maydonga tushdi. 

73. Uuuux! O'rmonjonovning aylanma zarbasini Yo'ldoshev bartaraf etdi! 

72. "Surxon"da 2 ta o'zgarish: Komilov o'rngia Bozorov, Poyonov o'rniga Abduhamidov uchrashuvna davom ettiradi. 

70. Abduraxmonov Ramazonovni yiqitib, raqib tezkor hujumiga nuqta qo'ydi va ogohlantirish oldi. 

68. Shamsiev Abdusalomovga nisbatan qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi.  

65. "Surxon"da 2 ta almashtirish: Tursunov o'rniga Abdurahmonov, Abdixoliqov o'rniga Ramazonov bahsga qo'shildi. 

64. "Dinamo" vakillari jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi, biroq yakunda Nemanov Mahamadjonovdan to'pni olib qo'yishga erishdi.  

61. Jo'raev Ratinodan to'pni olib qo'yin ilinjida qoidani buzdi. 

58. Dmitriy Pletnyov sal avval ro'y bergan vaziyat uchun etiroz bildirdi va sariq oldi. 

56. "Surxon"da almashtirish: jarohatlangan Shaydulov o'rniga Jo'raev tushirildi. 

55. Ikkinchi bo'limda "Suxron" nisbatan faol. Mezbonlar omadini hujumdan izlamoqda. 

52. Zarbaaa! Shaydulovning olisdan bergan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

48. Uuux! Doston Tursunov jarima zarbasidan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, biroq to'pga uning sheriklaridan hech kim ulgurmadi. 

47. Zarbaaa! O'rmonjonovning qanotdan oshirib bergan to'pini Hojimirzaev darvoza tomon yo'lladi, noaniq. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Dinamo"da o'zgarish: Fraydey o'rniga O'rmonjonov bahsni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:2. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Uuux! Tursunov qulay vaziyatga chiqib borib, darvoza tomon zarba berdi, Nemanovdan seyv! 

40. Jumaboev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yuborish chog'ida Jumaevga nisbatan sal qo'pol harakat qildi. 

36. Samarqandliklar to'pni nazorat qilgan holda tempni bir maromda ushlab turibdi. 

32. "Surxon"da noaniq paslar ko'p, mehmonlarda esa aniqlik juda yuqori. Bu hisobda ham aks etishi shubhasiz. 

29. GOL! Pletnyovning pasidan so'ng Abdusalomov kuchli zarbasi orqali sobiq jamoasi "Surxon"ni jazoladi – 0:2!

27. Zarbaaa! Ratino kuchli zarbsi orqali olis masofadan darvozani poylashga urindi, noaniq. 

22. Zarba! Rustam Turdimurodovning chamasi 20 metrdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

18. Mahmud Mahamadjonov Poyonovga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun ogohlantirildi. 

16. O'rozov Jumaevga nisbatan qoidani buzdi, biroq sariq kartochkani Abdusalomov oldi, etiroz uchun. 

13. Bosh hakam maydonda yotgan Rustam Turdimurodov holidan xabar oldi. Hammasi joyida va bahs davom etadi. 

10. Maydon markaziga yaqin hududda Komilov Abdusalomovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

7. GOL! Firdavs Abdurahmonov Fraydeyning erlatib bergan pasidan so'ng pastki burchakni nishonga oldi – 0:1!

6. Maydon markazida Nodir Abdixoliqovga nisbatan qoida buzildi. 

4. Jamoalar ehtiyotkor tarzda, bir-birlarini o'rgangan holda o'yin ko'rsatmoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi! 

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика