

Xarri Uilson 17-daqiqada to'p kiritib, londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. “Liverpul” bunga 57-daqiqada Florian Vircning goli orqali javob berdi. Mersisaydliklar 90+4 daqiqada Kodi Gakponing aniq zarbasi evaziga hisobda oldinga chiqib olgandi, ammo Xarrison Rid 90+7 daqiqada muvozanatni tikladi va bahs durang bilan yakunlandi.
“Liverpul” 20 turdan so'ng APL turnir jadvalida 34 ochko bilan 4-o'rinda, “Fulxem” 28 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.





