Hojiakbar Alijonov JCH ilk turida o'ynamaydimi?

8 iyun 2026, 01:23
O'zbekiston terma jamoasi o'ng qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov Nyu-Yorkdagi jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti.

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, futbolchi 7 iyun kungi umumiy guruh mashg'ulotlarida ko'rinish bermadi va yakka tartibda shug'ullanmoqda.

Qayd etish kerakki, bugungi Niderlandiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradigan futbolchi katta ehtimol bilan mundialning 1-turida ham maydonga tushmaydi.

Ma'lumot o'rnida, o'ng qanot himoyasida Farruh Sayfiev va Behruz Karimov o'ynay oladi. Shuningdek, yakuniy qaydnomadan joy olmagan Umarali Rahmonaliev, Jasur Jaloliddinov, Ruslan Jiyanov va Sherzod Temirov hozirda terma jamoa bilan birga.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya – O'zbekiston bellashuvi bugun Nyu-Yorkdagi "Icahn Stadium"da 23:45 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia