APL. 5 ta gol urilgan o'yinda MYU "Nottingem Forest"ni mag'lub etdi, Manchester klubi musobaqani uchinchi o'rinda yakunlashi aniq bo'ldi

17 may 2026, 18:40
APL 37-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Nottingem Forest" o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs MYUning 3:2 hisobidagi g'alabasi biln yakunlandi. Dastlab Lyuk Shou 5-daqiqadayoq hisobni ochdi. 53-daqiqada mehmonlar himoyachisi Morato hisobni tenglashtirdi. Shundan so'ng Mateus Kunya (55-daqiqa) va Brayan Mbeumo (76) jamoasini ikkita to'p farqi bilan oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada Morgan Gibbs-Uayt hisobni qisqartirdi. Shundan so'ng darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.

“Manchester Yunayted” 37 o'yindan so'ng 68 ochko bilan uchinchi o'ringa joylashdi va keyingi turdagi natijalardan qatiy nazar o'z o'rnida qoladi. “Nottingem Forest” esa 43 ochko bilan o'n oltinchi o'rinda joylashgan va ligada qolishini kafolatlagan.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia