

David Rayya “Arsenal” tarkibida APLning bir mavsumida darvoza daxlsizligini eng ko'p saqlab qolgan darvozabonlar rekordini takrorladi
37-turdan o'rin olgan “Bernli”ga qarshi o'yinda darvozabon joriy mavsumda 19-bor o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
“Arsenal” tarkibida Premer-liganing bir mavsumida 19 ta o'yinni gol o'tkazmasdan yakunlash faqat Devid Simenga nasib etgandi. U bu natijaga ikki bor: 1993/94 va 1998/99 yilgi mavsumlarda erishgan



