APL. Kay Xavercning goli "Arsenal"ga "Enfild"da "Liverpul" ustidan g'alabani taqdim etdi

1 noya 2026, 23:35
APL 9-tur doirasidagi "Liverpul" - "Arsenal" o'yini bo'lib o'tdi.

Kay Xavercning 16-daqiqada Deklan Raysning uzatmasidan so'ng urgan goli bahsda yagonaligini saqlab qoldi va “Arsenal”ga uch ochkoni taqdim etdi.

“Arsenal” ayni damda APLda 9-turdan so'ng 24 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. “Manchester Siti” 21 ochko bilan ikkinchi o'rinda joylashgan. “Liverpul” 15 ochko bilan beshinchi o'rinni band etgan.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia