APL. "Manchester Yunayted" o'z maydonida sharmandali hisobda mag'lub bo'ldi

28 noya 2026, 22:10
APL 12-tur doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Brentford" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlarning 34 yoshli hujumchisi Kallum Uilson 19 va 32-daqiqalarda gol urib, hisobni 0:2 hisobiga keltirdi. Tanaffusdan so'ng 82-daqiqada Kristoffer Ayer, 90+1 daqiqada Kevin Shade o'z hisobiga gol yozdirib, hisobni o'ta yirik ko'rinishga olib keldi. Qayd etish kerakki, Dango Uattara jamoasining uchta goliga assistentlik qildi.

“Brentford” APLda 12 o'yindan so'ng 20 ochko bilan beshinchi, MYU esa 8 ochko bilan o'n to'qqizinchi o'rinda bormoqda.



O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia