La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Alaves"ga mag'lub bo'ldi

29 noya 2026, 02:55
Ispaniya La Ligasining 14-turidan o'rin olgan bahs yakunlandi.

"Real Madrid" - "Alaves" 1:2

Gollar: 22 - Toni Martines, 61 - Anxel Peres, 69 - Kilian Mbappe

“Real Madrid”: 1. Tibo Kurtua, 16. Ibraima Konate, 4. Din Xyoysen, 17. Mark Kukurelya, 14. Orelen Chuameni (20. Bernardu Silva, 46’), 15. Arda Gyuler (19. Karlos Espi, 60’), 5. Jud Bellingem, 7. Vinisius Junior, 8. Federiko Valverde, 10. Kilian Mbappe, 21. Braim Dias (25. Yan Diomande, 46’).

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Serxio Mestre, 3. Eder Militao, 18. Alvaro Karreras, 22. Antonio Ryudiger, 23. Ferlan Mendi, 24. Denzel Dumfris, 6. Eduardu Kamavinga, 27. Tyago Pitarch.

“Alaves”: 1. Antonio Sivera, 16. Ville Koski, 17. Xonni Otto, 7. Anxel Peres (3. Yussef Enrikes, 77’), 14. Nauel Tenalya, 8. Antonio Blanko, 4. Denis Suares (6. Ander Gevara, 59’), 19. Pablo Ibanes (2. Nikolas Valentini, 64’), 21. Abde Rebbash (24. Selu Diallo, 64’), 11. Toni Martines, 9. Mariano Dias (20. Aytor Manyas, 77’).

Zaxira: 13. Adrian Rodriges, 33. Ruben Montero, 27. Xanet Olays, 10. Karles Alenya, 22. Migel Rodriges, 15. Lukas Boye.

Ogohlantirishlar: 45+1 - Jozo Mourinyo (“Real Madrid” bosh murabbiyi), 74 - Ibraima Konate, 74 - Antonio Sivera, 75, 88 - Jud Bellingem, 75 - Selu Diallo, 78 - Xonni Otto

Chetlatish: 88 - Jud Bellingem (ikkinchi sariq kartochka)

90+5. O'yin yakunlandi.

90+4. Espining fint uslubidagi zarbasi noaniq bo'ldi…

90. O'yinning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

gettyimages-2307291258-2048x2048.jpg

88. Yo'q, penalti bekor qilindi! Judga qizil! Simulaciya deb baholandi holat.

87. Holat VARda ko'rilmoqda.

86. Penalti, “Alaves” darvozasi tomon!

84. Espining bosh bilan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytmoqda…

83. Espining bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq chiqdi, ammo darvozabon to'pni ushladi.

82. Mbappening erlatib bergan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi.

79. Judning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq bo'lmoqda…

77. Mehmonlar himoyachilarni zaxiradan tashlamoqda o'yinga. Bu xato bo'lishi ham mumkin…

76. Jud va Valverdening zarbalariga blok qo'ydi “Alaves” himoyachilari.

75. Ikki daqiqa ichida to'rt nafar futbolchiga sariq kartochka ko'rsatildi.

74. Asabiylik ortmoqda o'yinda: Sivera va Konate tortishib ketishdi.

70. Madrid qaytmoqda sekin-asta.

gettyimages-2307288532-2048x2048.jpg

69. GOL! Mbappe hisobni qisqartirdi! Diomandening uzatmasidan so'ng Jud to'pni to'g'rilab berdi, Kilianning zarbasi golga aylandi!

68. Espining bosh bilan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi…

67. “Real”da bugun xatolar juda ko'p, jamoa aytarli vaziyatga ega bo'lishi ham qiyinlashyapti tobora.

62. Silvaning zarbasi birozgina noaniq bo'ldi…

62. Dahshat! “Real” qayta oladimi endi?!

gettyimages-2307288030-2048x2048.jpg

61. GOL! Anxel Peres hisobni oshirdi! Diasning uzatmasidan so'ng Peres Kurtuani aldab o'tib, gol urdi!

58. Ibanes yaqin masofadan zarba berdi, biroq to'p himoyachilardan o'tmadi.

56. Maydon egalari to'p nazoratini o'zlariga olishna, hozircha aytarli xaafli holat ko'rmadik.

49. Rebbash ajoyib zarba bilan gol urgandi, biroq u biroz avval offsaydda bo'lgan ekan.

46. Bo'limni madridliklar o'zgarishlar bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.

45+1. “Real” bosh murabbiyi Joze Mourinyoga sariq kartochka ko'rsatildi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. Mbappening zarbasi yaxshi chiqdi, biroq rekoshet bo'lib, maydonni tark etdi.

36. Endi Valverdedan “pushka” bo'ldi, ammo bunisi ham noaniq.

35. Kukurelyadan zarba, biroq noaniq bo'ldi anchagina.

34. Judning darvozaga yaqin masofada to'pni sapchitib yo'lladi, biroq noaniq bo'ldi biroz…

31. Chuamenining zarbasidan so'ng to'p rekoshetga uchrab, darvozabonning qo'liga borib tushdi.

30. “Real” futbolchilarida xatolar soni ortmoqda.

25. Bellingemning bosh bilan bergan zarbasidan so'ng himoyachilar to'pni qaytarishdi.

23. Endi madridliklar faollikni oshirishlari aniq.

gettyimages-2307283718-2048x2048.jpg

23. To'p Martinesning zarbasidan so'ng “Real” darvozasiga kirgan, shu bois gol uning hisobiga yozildi.

22. GOL! Mariano hisobni ochdi! Xyoysen to'pni yo'qotdi, so'ng Martines darvozaga yo'lladi to'pni, Konate qaytarib yubordi, so'ng uni Dias darvozaga joylab qo'ydi.

15. Endi esa o'tkir burchakdan Mbappe zarba berdi, bunda darvozabon to'pni ushlab oldi.

14. Vinisiusning o'tkir burchakdan tepgan to'pi raqib futbolchisiga tegib qaytdi…

9. Vinisiusning darvozaga yaqin joydan yo'llagan zarbasini darvozabon bartaraf etdi.

6. Jud va Mbappe kombinaciyasi yakunida Kilian zarba berdi, to'p darvozabon qaytardi.

1. Dastlabki daqiqadanoq mehmonlar oldinga o'tishdi, ilk zarba o'ta kuchsiz bo'ldi.

1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni La Liganing 14-turidan o'rin olgan "Real Madrid" - "Alaves" bahsining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar

Manba: championat.asia