Anri Bellingem haqida: "O'z mamlakatidagi odamlar unga shubha bilan qaraganiga ishona olmayman"

Aslanov Jasurbek
25 noya 2026, 16:53
"Arsenal" va "Barselona" sobiq hujumchisi Terri Anri Jud Bellingemning "Real" safidagi o'yinini maqtadi.

Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turidan o'rin olgan PSVga qarshi bellashuvda (5:1) angliyalik yarim himoyachi bitta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

"Real"da beshinchi raqam ostida to'p tepish oson emas, ammo u buning uddasidan chiqmoqda. Jahon chempionatida qanday o'ynaganini qarang... O'z mamlakatidagi odamlar unga shubha bilan qaraganiga ishona olmayman.

Lekin bilasizmi nima? U ularga o'z o'yini bilan javob qaytardi. Jahon chempionatida javob berdi, o'z xatti-harakati va o'yini bilan javob bermoqda. U menga juda yoqadi. U boshqalarga o'xshamaydi", - dedi Anri.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CBS Sports