

El Debate nashrining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis Arda Gyuler, Djud Bellingem, Orelen Tchuameni va Federiko Valverdeni o'z sxemasining asosiy o'yinchilari deb atab, ular bilan kelishuvlarni tezroq uzaytirishni talab qilmoqda.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, barcha to'rt nafar futbolchi bilan mehnat shartnomalarini uzaytirish bo'yicha muzokaralar jarayoni allaqachon boshlangan va muvaffaqiyatli davom etmoqda. Shu bilan birga, nomlari tilga olingan har bir o'yinchi Madrid jamoasi safidagi faoliyatini davom ettirish istagini bildirayotgani va klub manzilini o'zgartirishni rejalashtirmayotgani alohida takidlanmoqda.



