Bellingemning "Real"dagi maoshi qancha bo'ladi?

19 noya 2026, 22:56
Madridning "Real" klubi yarim himoyachi Jud Bellingem bilan shartnomani 2031 yilga qadar uzaytirish borasida ish olib bormoqda.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, 23 yoshli yarim himoyachi shartnoma uzaytirilganidan so'ng bir mavsum uchun 20–25 million evro maosh ola boshlaydi. Hozirda angliyalik futbolchining maoshi 15 million evrodan oshmaydi.

Bellingem 2023 yilning yozidan buyon "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 160 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar

Manba: Marca