

"Reallik shundaki, Vinisiussiz 'Real' u bilan o'ynaganidan ko'ra ancha yaxshiroq ko'rinmoqda. Uning yo'qligida jamoa o'zining eng yaxshi jamoaviy formasiga kirib oldi. Bu shunchaki kimningdir fikri emas, balki inkor etib bo'lmas fakt. Savol faqat futbolchining o'zi zarur bo'lgan yo'lga tushishga tayyormi yoki yo'qligida. Biz anchadan beri bir xil narsani takrorlab kelyapmiz: to'psiz o'yinni kuchaytirish kerak.
U kamdan-kam odam maqtana oladigan jismoniy ko'rsatkichlarga ega g'ayrioddiy futbolchi. Unda nega himoyaviy majburiyatlarini uddalay olmayapti? Hammasi faqat istakka borib taqaladi. Agar u bo'lmasa - Vinisiusga juda qiyin bo'ladi. Axir hal qiluvchi pallalarda - jamoaga 'Barselona', 'Bavariya', 'Atletiko', 'Manchester Siti' yoki PSJ kabi raqiblarga qarshi to'p tepishga to'g'ri kelganda, agar Vinisius o'yinini kuchaytirmasa, Mourinyu jamoa manfaatlari foydasiga tanlov qiladi, chunki uning asosiy maqsadi - g'alaba qozonish", - deya bayonot berdi Benito.



