"Real" asosiy yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

19 noya 2026, 21:19
"Real" yarim himoyachi Orelen Chuameni bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishdi.

Yangi shartnoma 2032 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

26 yoshli Chuameni 2022 yilning yozida "Monako"dan "Real"ga o'tgan. Unga qadar futbolchi "Bordo" jamoasida ham to'p surgan.

Joriy mavsumda u madridliklar safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Chuameni Ispaniya klubi tarkibida 8 ta sovrinni qo'lga kiritgan. Ular orasida Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionligi ham bor.

Fransiya terma jamoasi safida esa 50 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar

Manba: realmadrid.com