"Barselona" va "Real" yarashuv bitimiga erisha olmadi

Aslanov Jasurbek
25 noya 2026, 15:50
"Real"da "Barselona" va hakamlar haqida aytilgan gaplardan voz kechilmadi.

"Barselona" va "Real" yarashuv bo'yicha kelishuvga erisha olmadi.

Eslatib o'tamiz, may oyi o'rtalarida "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres Xose Mariya Enrikes Negreyra ishi haqida gapirar ekan, hakamlarning xatti-harakatlari tufayli ettita chempionlik o'g'irlanganini ma'lum qilgan edi. Kataloniyaliklar Peresning so'zlari sabab sudga murojaat qilishga tayyorlanayotgani xabar qilingandi.

Iyun oyida "ko'k-anorranglilar" Madrid klubi rahbari o'z so'zlaridan qaytishi uchun yarashtirish to'g'risida majburiy iltimosnoma kiritgan edi. Eshituv bugun bo'lib o'tdi.

Biroq klublarning yuristlari yarashuv borasida kelishuvga erisha olishmadi, deb yozadi Cadena SER. "Barselona" huquqiy maydonda ish olib borishni davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena SER