La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Real Betis"ga 5 ta gol urdi
04 jan 22:15
Yangiliklar
La Liga. "Real Madrid" o'z uyida "Real Betis"ga 5 ta gol urdi
La Liga 18-tur doirasidagi "Real Madrid" - "Real Betis" o'yini bo'lib o'tdi.
Uchrashuv “qirollik klubi”ning 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Gonsalo Garsiya 20, 50 va 82-daqiqalarda raqib darvozasini ishg'ol qilib, xet trik qayd etdi. Shuningdek, Raul Asensio (56) va Fran Garsiya (90+3) ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. “Real Betis” esa Kucho Ernandesning 66-daqiqasidagi goli bilan cheklandi.
“Real” 19 o'yindan so'ng 45 ochko jamg'argan holda La Liga turnir jadvalida 2-o'rinda ketmoqda. Etakchi “Barselona” bilan oradagi farq 4 ochkoni tashkil etmoqda. “Real Betis” esa 18 o'yindan so'ng 28 ochko bilan 6-o'rinda joylashgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Арсенал" - "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум
ЛА ЛИГА. "Барселона" ва "Овьедо" баҳси учун таркиблар маълум
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar