Kivu "Inter"ning mag'lubiyati sababini aytdi
19 fev 23:58
Yangiliklar
Kivu "Inter"ning mag'lubiyati sababini aytdi
"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu ECHL doirasida "Bude-Glimt" maydonidagi mag'lubiyat sababini aytdi.
"Biz juda qattiq harakat qildik, biroq raqibning kayfiyati yuqori darajada bo'lgan ekan. Biz qarshi hujumlardagi xatolarimiz uchun tovon to'ladik. Maydonning holatiga qaramasdan, jamoam harakat qildi. Bu bahona emas. Lekin futbolchilarimni ayblamoqchi ham emasman.
Endi biz hulosalarni chiqarishimiz kerak. Uch kundan keyin "Lechche"ga qarshi o'ynaymiz. Lautaro? U jarohat oldi. Balki u safdan chiqqandir. Muammolarni boricha qabul qilish kerak.
Ular o'z maydoniga yaxshiroq ko'nikkanlar. Hali bizda imkoniyat bor, chunki javob o'yini ham kutib turibdi. Raqiblar qarshi hujumlarda bizga ko'plab muammolar keltirib chiqarishini bilardik. "San-Siro"da navbatdagi bosqichga chiqish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz", - dedi Kivu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Fikrlar