So’nggi yangiliklar

02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди  189 01:52Александр Хомяков: "Барчаси яхши бўлади, хавотир олманг. Футболчиларга эътирозим йўқ"  1 00:55Суперлига. "Бухоро" – "Хоразм" 1:1   0 00:40Cергей Токов: "Жамоани кучайтира оладиган маҳаллий футболчилар қолмади"  0 00:38Мирко Йеличич: "Жасур Яхшибоев? Бу ҳолат мен учун ҳам тушунарсиз"  2 00:38ЕЧЛ. Хаверцнинг 89-дақиқада пенальтидан урган голи "Арсенал"ни "Байер"га қарши ўйиндаги мағлубиятдан асраб қолди  21 00:28Қаршидаги "Марказий" ўйингоҳга янги чим ётқизиш ишлари бошланди  2 00:09ЕЧЛ. ПСЖ — "Челси" ва "Буду Глимт" — "Спортинг" ўйинлари учун таркиблар маълум  10 00:03Андрей Шипилов: "Қўқон-1912" энг ёши катта жамоа? Гапингиз тўғридир. Лекин мен паспортга қарамайман"  3 23:47"Реал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда!  43 23:06Эден Азар ВАРни бекор қилиш тарафдори  7 22:32Бруну Фернандеш "Арсенал"га ўтиши мумкин  4 22:05Суперлига. "Локомотив" – "Қўқон-1912" 0:0   0 21:40Суперлига. "Бухоро" ўз уйида "Хоразм" билан дуранг ўйнади  18 21:39Финалиссима қўчирилди  11

ECHL. "Real Madrid" Valverdening xet-trigi evaziga "Manchester Siti"ni mag'lub etdi Yangiliklar

ECHL. "Real Madrid" Valverdening xet-trigi evaziga "Manchester Siti"ni mag'lub etdi

ECHL 1/8 final doirasidagi "Real Madrid" - "Manchester Siti" uchrashuvi yakunlandi.

ECHL. "Real Madrid" — "Manchester Siti" 3:0

Gollar: 20, 27, 42 - Federiko Valverde

Amalga oshirilmagan penalti: 58 - Vinisius Junior

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 12. Trent Aleksander-Arnold (2. Daniel Karvaxal, 83'), 22. Antonio Ryudiger, 23. Ferlan Mendi (20. Fran Gonsales, 46'), 24. Din Xyoysen, 8. Federiko Valverde, 14. Orelen Chuameni, 7. Vinisius Junior, 15. Arda Gyuler (6. Eduardu Kamavinga, 70'), 45. Tyago Pitarch (37. Manuel Moran, 76'), 21. Braim Dias (30. Franko Mastantuono, 76').

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 17. Raul Asensio, 20. Fransisko Garsiya, 27. Diego Aguado, 28. Xorxe Sestero, 38. Sesar Palasios, 16. Gonsalo Garsiya.

"Manchester Siti": 25. Janluiji Donnarumma, 3. Ruben Diash, 15. Mark Gexi, 33. Niko O'Rayli, 45. Abduqodir Husanov, 20. Bernardu Silva (21. Rayan Ait-Nuri, 70'), 16. Rodri, 11. Jeremi Doku, 26. Savio (4. Teyani Reynders, 46'), 42. Antuan Semeno (10. Rayan Sherki, 70'), 9. Erling Xoland (7. Omar Marmush, 82').

Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 13. Markus Bettinelli, 5. Jon Stounz, 6. Natan Ake, 27. Mateus Nunes, 68. Maks Alleyn, 14. Niko Gonsales, 47. Fil Foden.

Ogohlantirishlar: 57 - Janluiji Donnarumma, 82 - Rayan Ait-Nuri


90+4. O'yin yakunlandi.

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. Marmush darvoza tomon zarba berdi, aniq bo'ldi, Kurtua ushlab oldi.

85. O'yin oxirlab qoldi, aytarli vaziyat yaratmayapti jamoalar. Kelgusi o'yinga intriga qolishi uchun "Siti" urishi, masalani to'liq hal qilish uchun esa "Real" yana bitta to'p kiritishi kerak.

78. Dokuning zarbasi darvozaga aniq bormadi.

75. Kurtuadan dahshat reakciya! Pitarchning xatosidan keyin O'Rayli to'pni darvozaga tepdi, bu zarbani Kurtua oyoqlari bilan qaytarib yubordi!

73. Reyndersning uzoqdan tepgan to'pi rekoshetga uchrab maydonni tark etdi.

68. Semeno to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatdi, Ryudiger to'pni qaytarib yubordi...

66. Vinisiusning navbatdagi zarbasi xavfli bo'ldi, lekin noaniq.

63. Bu safargi zarba Ardadan, ammo noaniq bo'ldi.

62. Vinisius jarima maydonchasiga kirib turib zarba berdi, Janluiji qaytardi.

59. Dokuning uzatmasidan so'ng sal qolsa Ryudiger o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi mumkin edi.

58. Vinisius penaltidan gol ura olmadi!!! Janluiji to'pni qaytardi!

56. Penalti "Siti" darvozasi tomon! Vinisius darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, ammo Donnnarumma Vinini yiqitdi.

55. Semenodan zarba, Kurtua to'pni qaytardi.

48. Reynders burchakdan to'pni uzatdi, O'Rayli esa bo'sh darvozaga to'pni kirita olmadi.

47. Yaxshi hujum "Real"dan! Braim jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, Donnnarumma to'pni qaytardi!

46. Har ikki jamoa ham bittadan o'zgarishni amalga oshirdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Uchrashuvning dastlabki bo'limidan keyingi statistika:

To'p nazorati - 45% - 55%

Darvoza tomon zarbalar - 6 - 3

Aniq zarbalar - 4 - 1

Burchak zarbalar - 1 - 3

Uzatmalar aniqligi - 88% - 89%

Seyvlar - 1 - 1

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

Vini hujumni boshladi, Tyagoga keldi, u Braimga uzatdi, Dias ajoyib tarzda to'pni Fedega oshirdi, Valverde esa ajoyib zarbasi bilan hisobni uchtaga oshirdi!

42. GOL! Fede!!! Xet-trik! Nima qilyapti bu bola?

41. Oxirgi 10 daqiqada aytarli hujum ko'rmadik, bahs asosan maydon markazida kechmoqda.

34. Temp birozgina tushdi, "Siti" to'p nazoratini o'ziga olmoqchi. Kuzatamiz...

28. Haaa, do'stlar! Bu futbol va unda nazariy favoritlar ro'l o'ynashmaydi doim ham...

27. GOL! Fede Valverdedan dubl! Vinisiusning uzatmasi rekoshetga uchrab to'p Fedega keldi, urugvaylik futbolchining zarbasi golga aylandi!

23. Qiziq fakt! Kurtua ECHLning joriy mavsumida ikkinchi asistini amalga oshiribdi.

21. Dahshat o'yin, zo'r temp, buyog'iga Gvardiola va uning shogirdlari nima qiladi, qiziq!

20. GOL! Valverde hisobni ochdi! Fede katta tezlikda oldinga yurish qildi, himoyachi va darvozabonni aldab o'tdi hamda bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi! 

19. Bernardudan xavfli zarba! To'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi...

13. Yana chapdan hujum "Siti"da, bu safar to'pni O'Rayli uzatdi, yana zarba berishga hech kim yo'q.

8. Donnarummadan seyv! Braim o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, "Siti" darvozaboni qaytardi!

8. Yana Doku, yana pas, bu safar ham darvozaga zarba berilmadi...

7. Doku to'pni erlatib jarima maydonchasi markaziga uzatdi, biroq yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

6. Semenodan zarba! Erlatib tepilgan to'pni Kurtua ushlab oldi.

3. O'yin faol boshlandi, avvalo "Real", keyin "Siti" oldinga o'tdi, ammo xavfli bo'lmadi hujum.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni ECHL 1/8 final doirasidagi "Real" — "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!

Reyting: +8   

Fikrlar

+14   
12 mar 01:52:07
Bek Bek
Fede osha eski jangchilarning so'ngisi va u bugun Sitini ko'myapti )) Mazza qivordim Mazzalar qivordim.
+11   
12 mar 01:53:57
Окил Исмаилов
Хусанов учун ўйинни кўрмоқчидим лекин билдимки Реал ЧЛ қироли экан. Қойил қолмасдан иложи йўқ.Юве мухлиси.
+11   
12 mar 01:50:54
Muslihiddin Fazliddinov
Valverde man sity 3-0 har bir jamoa havas qiladigan futbolchi(Barsa fan)
+10   
12 mar 01:48:37
Музаффар Махмудов
Муаммоли Реал шу бўлса, муаммосиз бўлмаса нима бўларкин
+8   
12 mar 01:48:55
Azamat Shoha
Реални капитани бугун плейстейшн уйнаябди
+7   
12 mar 01:54:30
Rasul Matkarimov1
Pistrmada Otirganlar Nima qilasizlar endi Shuxrat Xalbayev mentalist Steanlismi yana allambalolar Asosiy tarkiblar chiqdi degan xabarda komentlari tola 3ta gol menimcha orqalariga kirdi shekilli...Kecha Bir ikta Gnida provakatrlarga barca xonasida nima bor nima deb Bugun Ozlari payt poylashyapdi Yigitlar yaxshimas manabu Real Degan jamoa onda sonda oynab qosayam yomon qiladi...Balkim ikkinchi taym yutqazar lekin birinchi taym kayfini oldida xar qanday maglubiyat kechiriladi
+7   
12 mar 01:48:58
SERGIO RAMOS
Абдурахмон Вахобов foydalanuvchining fikriga javob berish
Минусга этьбор берманг . Зато РЕАЛ 3 чисини солди. ОЛГА РЕАЛ!
Hal Madrid katta o'yinlardagi katta klub Bu Real Madrid
+6   
12 mar 01:50:53
Jonni Deep
Ситини сомсасини чикарвордию
+5   
12 mar 01:53:51
Отабек Атажанов
DNK Real madrid.....hala madrid
+5   
12 mar 01:50:27
SERGIO RAMOS
Arbeloa bugun Zidan ko'rinishida
+5   
12 mar 01:47:44
Shuxratcik Fcb
Valverdeee Dan xetrik bugun Birinchi Marta Real uyinini kurib mazza qilebman yuqotish kup edi
+4   
12 mar 01:57:14
Baxtiyor Nazarov
Eh Barsachilar, eh soxta "Abduqodirchi"lar.
+4   
12 mar 01:52:25
Isroiljon Qosimov
Арбелоа -"ЯНГИ Анчелотти".Вальверде-бу ВАЛЬВЕРДЕ!!!(БАРСЕЛОНА)
+4   
12 mar 01:51:44
Х
Сити сочилиб кетти ку
+4   
12 mar 01:46:27
Мамуржон Розибоев
Мана сенга оша кирол Реал тоганг.....маззззами срази 3-0
Жалка Хусанов
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика