"Atletiko" "Barselona"ning ustidan kuldi

29 may 2026, 22:35
"Atletiko" klubi o'z ijtimoiy tarmoqlarida "Barselona"ning uch futbolchisi uchun taklif jo'natdi.

"Atletiko" matbuot xizmati Xulian Alvaresning Kataloniya klubiga transferi borasida "Barselona"ni troll qilib chiqdi.

Madrid klubi o'z ijtimoiy tarmoqlarida Lamin Yamal, Pedri va Rafinyani "Atletiko" libosida tasvirlab, Fabricio Romano kabi "Here we go" yozuvini yozdi.

"Here we go! Biz "Barselona"ga ushbu transferlar bo'yicha taklif jo'natdik: "Bad Bunny"ning koncerti uchun 4ta chipta, ABC uchun yillik to'lov va pista taklif qildik. Shu boisdan "anons"ni tayyorlashni intiqlik bilan kutyapmiz", - deb yoziladi klub bayonotida.

HJfwHfwXMAISS5K.jpg

"Biroq bizda yana bir muammo bor: ertangi koncert uchun chipta qolmabdi. Endi taklifni yaxshilaymiz: yakshanba kungi koncert uchun 6ta chipta", - deyiladi Pedrining postiga izox tariqasida.

HJf34bDWgAEYsfe.jpg

"Uchta transferni yopish uchun biz va-bankka qo'l uramiz: futbolchi bizga ijaraga o'tadi va bir mavsum o'ynaydi. Keyin esa biz "Barselona"ga sotib olish huquqisiz Tom Ford va Tom Smitni jo'natamiz. Ular bunga rad javobini bera olishmaydi", - deb yoziladi Rafinyaning posti izoxida.

HJf6kA6WIAM3Re5.jpg

So'nggi tvitda esa klub shunday yozdi:

"Yo'q, Madridning "Atletiko"si hech qachon bunday ish qilmagan bo'lardi. Biroq so'nggi oylarda biz futbolchilarimizdan biriga nisbatan olib borilayotgan taqib va obro'sizlantirish kampaniyasiga duch keldik. Maqsadli ma'lumot sizdirishlar, "soxta yangiliklar", doimiy hurmatsizlik holatlari, turli uydirma hikoyalarni o'ylab topayotgan kataloncha targ'ibot mashinasi, muhim o'yinlar arafasidagi qo'ng'iroqlar... Ammo, albatta, bizning hakamlar korpusi vice-prezidentini maoshga bog'lab qo'yish yoki futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun siyosiy aloqalardan foydalanish xayolimizga ham kelmagan bo'lardi. HURMAT va QADRIYATLAR".

Bu orqali klub Xulian Alvares atrofidagi bo'layotgan yolg'on xabarlar faqatgina "Barselona" tomonidan sun'iy ravishda tarqatilayotganini takidlayotgandek.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/Atleti