Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" mavsumni g'alaba bilan boshladi, Shomurodovda gol, Fayzullayevda assist

16 avg 2026, 23:00
Turkiya Superligasi 1-tur doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Kojaelispor" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov maydonda 75 daqiqa harakat qildi. U 72-daqiqada to'p kiritdi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullayev ham o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 63-daqiqada zaxira olindi, xavbek 14-daqiqada jamoasining birinchi goliga assistentlik qildi.

Shu tariqa, bahs 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia