Rubiales RFEF prezidenti lavozimiga qaytishni istamoqda. Luisning Ermosoni o'pgani uchun berilgan diskvalifikaciya muddati tugadi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2026, 20:37
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) sobiq prezidenti Luis Rubialesning diskvalifikaciya muddati nihoyasiga etdi.

Uch yil davomida Luis futbol federatsiyasi tuzilmalarida biror-bir lavozimni egallay olmas edi.

Eslatib o'tamiz, 2023 yilda jahon chempionati oltin medallarini topshirish marosimi vaqtida Rubiales Ispaniya terma jamoasi futbolchisi Jennifer Ermosoning labidan o'pgan edi. Sud RFEF sobiq rahbariga bir yil davomida Ermosoga 200 metrdan yaqin masofaga yaqinlashishni va u bilan muloqot qilishni taqiqlagan. Shuningdek, Rubialesga 18 oy davomida kuniga 20 evrodan jarima tayinlangan bo'lib, jarimaning umumiy miqdori 10 ming evrodan oshgan.

El Pais nashri ma'lumotlariga ko'ra, Rubiales o'z lavozimini qaytarib olish niyatida. Uning atrofidagilar RFEFning amaldagi rahbari Rafael Louzanga nisbatan ishonchsizlik votumi e'lon qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Shunga qaramay, federatsiyadagilar Luisning tarafdorlari etarli emas, deb hisoblashmoqda.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Pais