LaLigada o'zgarish bo'ladi

1 mar 2019, 23:26
Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti Luis Rubiales LaLiga o'yinlari dushanba kuni o'tkazilmasligini e'lon qildi.

"Dushanba kunlari boshqa futbol bo'lmaydi. Kelasi mavsumdan boshlab LaLiga uchrashuvlari faqat shanba va yakshanba kunlari bo'ladi. Bahslarni juma kuni bo'lib o'tishi haqida o'ylab ko'ramiz. Siz uchun eng yaxshisini amalga oshiramiz. Pul muhim, lekin muhlislar undan ham muhimroq", – deya fikr bildirdi Rubiales.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/LuisRubiales