Ryudiger Mourinyu haqida: "U meni ko'p marta o'z jamoasiga olib kelishni istagandi, mana nihoyat bir-birimizni topdik"

Aslanov Jasurbek
19 noya 2026, 00:20
"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger bosh murabbiy Joze Mourinyu bilan o'zaro munosabatlari haqida so'zlab berdi.

"Mavsum yakunlanishiga oz qolganida menga qo'ng'iroq qilishdi va u [Mourinyu] jamoani boshqarishini aytdi. U mening qolishimni istadi, shu bois o'sha lahzadan e'tiboran hammasi kundek ravshan bo'ldi.

Mourinyu meni ko'p marta sotib olishni xohlagan - masalan, u 'Tottenxem'da ishlagan paytida, men esa Lempard qo'l ostidagi 'Chelsi'da kam o'ynardim. Hatto yanada yoshroq paytimda ham qiziqqan. O'rtamizda o'ziga xos tarix bor va mana nihoyat, 33 yoshimda biz bir-birimizni topdik.

U ko'p narsani o'zgartirdi, deb aytmagan bo'lardim. U muvozanatli jamoaga keldi. U muvaffaqiyatli jamoa qurishni biladi va hozir buni uddaladi. Asosiy tarkibda kim tushishi yoki zaxiradan kim qo'shilishining ahamiyati yo'q.

U hazillashadi, lekin faqat kiyinish xonasida. Ertalab kelganida doim aytib beradigan gapi topiladi. Ammo maydonda - hech qanday hazilga o'rin yo'q", - dedi Ryudiger.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic