Maurisio Pochettinoning "Manchester Yunayted"dagi murabbiylar shtabi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2026, 21:50
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino shtabidan mutaxassislar Xesus Peres, Migel D’Agostino, Toni Ximenes, Aleks Skott va Sebastyano Pochettino joy oldi.

Bu haqda "qizil iblislar" matbuot xizmati rasman xabar berdi. Ularning barchasi argentinalik murabbiy bilan "Espanol", "Sautgempton", "Tottenxem", PSJ va "Chelsi" klublarida birga faoliyat yuritishgan.

"Klub Trevis Binnion, Jonni Evans, Stiv Xolland, Kreyg Mouson va Jonatan Vudgeyt, shuningdek, Maykl Kerrikning jamoani tark etganini tasdiqlaydi. Biz ushbu jamoaga to'liq fidoyilik, o'z ishiga sadoqat va professionallik uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda kelajakdagi faoliyatlarida omad tilaymiz", - deyiladi "Manchester Yunayted" rasmiy saytida.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com