Turkiya Superligasi. "Bashakshexir" mehmonda kambek evaziga g'alabaga erishdi

7 noya 2026, 23:30
Turkiya Superligasi 11-tur doirasidagi "Gyoztepe" - "Bashakshexir" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinning 18-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Xuan hisobni ochdi. Oradan to'rt daqiqa o'tib Devi Selki hisobni tenglashtirdi. O'yinning 83-daqiqasida istanbulliklarning 36 yoshli bosniyalik hujumchisi Edin Viska raqib darvozasini ishg'ol qildi va “Bashakshexir”ga uch ochko taqdim etdi.

Jamoa tarkibida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 86-daqiqada almashtirildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullayev esa zaxirada qoldirildi.



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia