

Bunga futbolchining guruh bosqichida ikkita sariq kartochka olgani sabab bo'ldi.
Aliev 23 noyabr kuni Yamaykaga qarshi uchrashuvda (6:2) 72-daqiqada ogohlantirilgan edi. 26 noyabr kuni Italiyaga qarshi bahsda (1:3) esa 37-daqiqada yana sariq kartochka oldi.
FIFA intizom qoidalariga ko'ra, bir musobaqaning ikkita alohida uchrashuvida sariq kartochka olgan futbolchi keyingi bahsni avtomatik ravishda o'tkazib yuboradi.
Mazkur yo'qotish O'zbekiston terma jamoasi uchun sezilarli bo'lishi mumkin. Chunki Aliev guruh bosqichida jamoaning asosiy hujumchilaridan biri bo'ldi. Xususan, Yamaykaga qarshi uchrashuvda uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Ularning ikkitasidan Suhrob Sodirjonov, yana biridan Amirxon Erkinov unumli foydalandi.
Eslatib o'tamiz, Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston U-17 terma jamoasi guruh bosqichini 3 ochko bilan uchinchi o'rinda yakunlab, eng yaxshi uchinchi o'rin sohiblari qatorida pley-offga yo'l oldi.
O'zbekistonning 1/16 finaldagi raqibi Ispaniya terma jamoasi bo'ladi.



