

Ushbu musobaqada Sergey Chigodaev boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi. Ayni paytda Qatarda o'tayotgan mundialga chiqqan 8 ta jamoa to'g'ridan-to'g'ri qita chempionatiga yo'llanma olgan. Yangi U-17 terma jamoasida 2009 yilda tug'ilgan Muhammad Hakimov va Asilbek Aliev o'ynay oladi.
Agar Chigodaev Alievni Osiyo kubogiga olib ketsa hujumchi musobaqaning dastlabki turlarini o'tkazib yuborishi aniq. Sababi Jahon chempionatida olingan qizil kartochka keyingi rasmiy o'yinga ta’sir qiladi. Aliev bugungi harakati uchun kamida 2 ta o'yinga chetlatiladi.




