Turkiya Superligasi. Salohning dubli "Trabzonspor"ga "Bashakshexir"ga qarshi o'yinda g'alaba taqdim etdi, mehmonlarning yagona goliga Shomurodov mualliflik qildi

23 avg 2026, 23:00
Turkiya Superligasi 2-tur doirasidagi "Trabzonspor" - "Istanbul Bashakshexir" o'yini bo'lib o'tdi.

Mehmonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni to'liq o'tkazdi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullayev o'yinni asosiy tarkibda boshlab, 58-daqiqada zaxiraga olindi.

Muhammad Saloh 8-daqiqada hisobni ochdi. 19-daqiqada istanbulliklar hujumchisi Eldor Shomurodov penaltini aniq ijro etdi. 48-daqiqada Muhammad Saloh dubl qayd etib, jamoasiga g'alaba taqdim etdi



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia