

- O'yin haqida fikringiz?
- Bo'lishi kerak bo'lgan voqea yuz berdi. Daraja o'z so'zini aytdi. Bir yarim taym yomon himoyalanmadik, faqat hujumda hech narsa o'xshamayapti. Harakat qilishda davom etamiz.
- Goldan keyin ikkita o'zgarishni amalga oshirdingiz. Bu qanchalik naf berdi?
- Mag'lubiyatga uchraganimizni hisobga olsak, deyarli naf bermadi. Zaxiramizda asosan yoshlar va ularga ishonamiz. Bizda yoshlarni o'ynatish bo'yicha reja bor va shunga qarab ishlayapmiz. Balki kelasi yil tarkib yuz foiz o'zgarib ketishi ham mumkin. Nega yoshlar asosiy tarkibda tushmadi? Chunki yaqinda U-19 chempionati o'tkazildi va yoshlarimizning asosi shu musobaqada ishtirok etdi. Safimizda U-19dan 5-6 futbolchi bor.
- 2026 yil Superligada nimalar o'zgarganini sezdingiz? Legionerlar bo'yicha qanday qadam tashlandi?
- Men hammaning nomidan gapira olmayman. Albatta, o'zimizda qancha ko'p legioner bo'lsa shuncha yaxshi. Lekin top darajadagi legionerlarni ola olmaymiz. Bunga moliyaviy holat to'sqinlik qiladi deb o'ylayman. Legioner tanlashda etti o'lchab bir kesish kerak. Chunki mamlakatimizda 90 foiz bolalar futbol o'ynashni xohlaydi. Chetdan kelayotgan futbolchi kuchli bo'lmasa o'zimiznikilarni o'ynatish kerak.


