

Superliga. 17-tur
“Nasaf” - “Paxtakor” 1:2
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Ërdamchi hakamlar: Baxtiyorxo'ja Shavkatov va Ruslan Serazitdinov
Zaxira hakami: To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR hakami: Andrey Sapenko
Komissar: Abdulbosit Valixonov
Gollar: 0:1 – 15, Alibek Davronov (avtogol); 1:1 – 48, Sharof Muhiddinov; 1:2 – 71, Oybek Bozorov.
"Nasaf": 1. Abduvohid Ne'matov, 4. Akromjon Komilov (5. G'olib G'aybullaev, 46), 2. Alibek Davronov, 92. Umarbek Eshmurodov, 15. Oybek Rustamov (18. Bekjon Rahmatov, 72), 17. Murodbek Rahmatov, 6. Sardorbek Bahromov (70. Abbos G'ulomov, 78), 8. Zafarmurod Abdurahmatov (22. Diyor Abdunazarov, 46), 14. Sharof Muhiddinov, 7. Adenis Shala (20. Yusuf Otubanjo, 78), 10. Bobur Abduxoliqov
Zaxira: 16. Samandar Murodboev, 77. Paata Gudushauri, 27. Yashnar Berdirahmonov, 23. Dilshod Murtazoev
"Paxtakor": 35. Sanjar Quvvatov, 34. Sherzod Nasrullaev, 7. Hojiakbar Alijonov, 4. Zaid Tahsin, 10. Akmal Mozgovoy, 17. Dostonbek Hamdamov (11. Hojimat Erkinov, 67), 23. Abdurauf Bo'riev, 50. Flamarion Jovino (9. Ibrohim Ibragimov, 88), 27. Sardor Sobirxo'jaev, 21. Bashar Resan (77. Oybek Bozorov, 67), 90. Stefen Chinedu (5. Morteza Pouraliganji, 78)
Zaxira: 12. Vladimir Nazarov, 20. Dilshod Abdullaev, 33. Kuvanishbek Saydaliev, 29. Ayman Husayn, 62. Dilshodbek Sharofiddinov
Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov (30), Dostonbek Hamdamov (45+5), Sardor Sobirxo'jaev (52), Diyor Abdunazarov (54), G'olib G'aybullaev (88)
🏁 Uchrashuv yakunlandi!
Markaziy bahsda "Paxtakor" safarda "Nasaf" ustidan 2:1 hisobida muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Biz bilan birga bo'lganingiz uchun tashakkur!
⏱ 90-daqiqa. Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti yakunlandi. Bosh hakam tomonidan uchrashuvga 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
🔄 88-daqiqa. "Paxtakor" tarkibida o'zgarish: Flamarion Jovino o'rniga maydonga Ibrohim Ibragimov tushdi.
🟨 88-daqiqa. Flamarion Jovinoga nisbatan sportga xos bo'lmagan xatti-harakat qilgani uchun "Nasaf" futbolchisi G'olib G'aybullaev bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
🔥 85-daqiqa. Xavfli vaziyat! Abbos G'ulomovning darvoza tomon yo'llagan kuchli zarbasini Sanjar Quvvatov qaytarib qoldi. Qaytgan to'pga ega chiqqan Diyor Abdunazarov darhol zarba berdi, biroq uning urinishi noaniq ketdi.
🔥 80-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Paxtakor"ning xavfli qarshi hujumi. Hojimat Erkinov to'pni qulay tarzda Sardor Sobirxo'jaevga uzatdi va u darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi. Sobirxo'jaev to'pni darvozabon ustidan oshirib tashlashga urindi, biroq Abduvohid Ne'matov mahorat ko'rsatib, zarbani qaytarishga erishdi!
🔄 78-daqiqa. Har ikki jamoa tarkibida navbatdagi o'zgarishlar:
"Paxtakor"da Stefen Chinedu o'rniga Morteza Pouraliganji maydonga tushdi.
"Nasaf"da Sardorbek Bahromov o'rniga Abbos G'ulomov, Adenis Shala o'rniga esa Yusuf Otubanjo maydonga tushirildi.
76-daqiqa. Belgilangan jarima zarbasini Hojiakbar Alijonov ijro etdi, biroq uning tepgan to'pi "jonli devor"dan o'tmadi.
75-daqiqa. Jarima maydonchasi yaqinida Hojimat Erkinov raqib himoyachilari tomonidan qoida buzilgan holda yiqitildi. Bosh hakam "Paxtakor" foydasiga standart vaziyat belgiladi.
🔄 72-daqiqa. "Nasaf" tarkibida o'zgarish: Oybek Rustamov o'rniga maydonga Bekjon Rahmatov tushdi.
⚽ 71-daqiqa. GOL! "Paxtakor" yana hisobda oldinga chiqib olmoqda! Hojiakbar Alijonov o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. "Nasaf" darvozaboni Abduvohid Ne'matov to'pni mushti bilan urib qaytargan edi, biroq qaytgan to'pga birinchi bo'lib yetib kelgan Oybek Bozorov chap oyoqda kuchli va aniq zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi – 1:2!
71-daqiqa. "Paxtakor"ning chiroyli kombinaciyasi maydonga yangi tushgan Hojimat Erkinovning zarbasi bilan yakunlandi, biroq Alibek Davronov to'p yo'liga to'g'onoq bo'lib, xavfni bartaraf etdi.
🔄 67-daqiqa. "Paxtakor" tarkibida birdaniga ikkita o'zgarish: Bashar Resan o'rniga Oybek Bozorov, Dostonbek Hamdamov o'rniga esa Hojimat Erkinov maydonga tushirildi.
🔥 65-daqiqa. Xavfli vaziyat! Sardorbek Bahromov olis masofadan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi. Qaytgan to'pga Bobur Abduxoliqov chalqancha uslubda zarba berdi, ammo uning chiroyli urinishi noaniq chiqdi.
62-daqiqa. "Nasaf" futbolchisi Adenis Shala jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon zarba yo'lladi. "Paxtakor" posboni Sanjar Quvvatov ishonchli harakat qilib, to'pni egallab oldi.
🔥 59-daqiqa. Xavfli vaziyat! Sharof Muhiddinov olis masofadan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Biroq to'p darvoza to'siniga tegib maydonga qaytdi, "Paxtakor"ni to'sin qutqarib qolmoqda!
🟨 54-daqiqa. Akmal Mozgovoyga nisbatan qo'pollik ishlatib, uni maydonga qulatgani uchun "Nasaf" futbolchisi Diyor Abdunazarov bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
53-daqiqa. "Nasaf"ning xavfli hujumi. Sharof Muhiddinov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga aniq pas uzatdi. To'pni qabul qilgan Bobur Abduxoliqov chap oyoqda zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi o'xshamadi va to'p darvozaga aniq bormadi.
🟨 52-daqiqa. Maydon markazida Oybek Rustamovga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun "Paxtakor" yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
⚽ 48-daqiqa. GOL! Hisob tenglashdi! Jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda ijro etgan Sharof Muhiddinov to'pni uzoq pastki burchakka aniq joylab qo'ydi. Sanjar Quvvatov to'p tomon tashlangan bo'lsa-da, zarbani qaytara olmadi – 1:1!
47-daqiqa. Jarima maydonchasi yaqinida Bobur Abduxoliqov Akmal Mozgovoy tomonidan qoida buzilgan holda yiqitildi. Bosh hakam "Nasaf" foydasiga qulay nuqtadan standart vaziyat belgiladi.
🔄 46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi! "Nasaf" tarkibida tanaffusda ikkita o'zgarish amalga oshirildi: Zafarmurod Abdurahmatov o'rniga Diyor Abdunazarov, Akromjon Komilov o'rniga esa G'olib G'aybullaev maydonga tushdi.
45+6-daqiqa. Birinchi bo'lim yakunlandi! Hakamning hushtagi jarangladi va jamoalar tanaffusga yo'l olishdi. Dastlabki 45 daqiqalikdan so'ng hisob – 0:1, "Paxtakor" foydasiga.
🟨 45+5-daqiqa. Raqibning jarima zarbasini amalga oshirishiga xalaqit bergani uchun "Paxtakor" yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
45-daqiqa. Uchrashuvning birinchi bo'limiga bosh hakam tomonidan 6 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
45-daqiqa. Belgilangan jarima zarbasini Zafarmurod Abdurahmatov ijro etdi, biroq uning to'g'ridan-to'g'ri darvoza tomon yo'llagan zarbasi ancha noaniq chiqdi.
44-daqiqa. Jarima maydonchasi yaqinida Bobur Abduxoliqov Akmal Mozgovoy tomonidan qoida buzilgan holda yiqitildi. Bosh hakam "Nasaf" foydasiga juda xavfli nuqtadan jarima zarbasi belgiladi.
🔥 37-daqiqa. Xavfli vaziyat! Adenis Shala darvozaning pastki burchagini nishonga olib kuchli zarba yo'lladi. "Paxtakor" posboni Sanjar Quvvatov mahorat ko'rsatib, katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarib qoldi.
🔥 34-daqiqa. Xavfli vaziyat! Adenis Shala chap qanotdan darvoza tomon aylanma zarba yo'lladi, biroq Sanjar Quvvatov katta qiyinchilik bilan to'pni qaytarishga erishdi. Hujumning davomida "Nasaf" futbolchilari tomonidan berilgan ketma-ket zarbalarni "Paxtakor" himoyachilari bloklab qolishdi.
32-daqiqa. "Paxtakor"ning hujumi. Flamarion Jovino o'ng qanotda ikki raqibini aldab o'tib, to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatdi. Biroq Umarbek Eshmurodov ishonchli harakat qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
🟨 30-daqiqa. Maydon markazida Sardor Sobirxo'jaevni qoidani buzgan holda to'xtatib qolgani uchun "Nasaf" yarim himoyachisi Oybek Rustamov hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.
🔥 25-daqiqa. Xavfli vaziyat! "Nasaf" futbolchisi Sardorbek Bahromov jarima maydonchasi yaqinidan kuchli zarba yo'lladi. Biroq to'p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi. Hisob tenglashishiga bir baxya qoldi.
20-daqiqa. "Paxtakor" burchak to'pini amalga oshirdi. Dostonbek Hamdamov tomonidan uzatilgan to'pga Stefen Chinedu bosh bilan zarba berdi, biroq uning urinishi noaniq chiqdi.
⚽ 15-daqiqa. GOL! Uchrashuvda hisob ochildi, biroq kutilmagan tarzda avtogol qayd etilmoqda. Alibek Davronov Bashar Resan bilan kurashda to'pni tepib yuborish maqsadida oyoq cho'zdi. Natijada to'p yuqori traektoriya bilan o'z darvozasiga yo'naldi. Darvozabon Abduvohid Ne'matov oldinroqqa chiqib ketgani sababli to'pni qaytarishga ulgurmadi va "Paxtakor" hisobda oldinga chiqib oldi.
7-daqiqa. "Paxtakor"ning hujumi. Chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni Dostonbek Hamdamov to'xtata olmadi va qulay imkoniyat boy berildi.
2-daqiqa. "Nasaf"ning xavfli hujumi. Sardorbek Bahromov o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib borib, to'pni markazga uzatdi. Abdurauf Bo'rievga tekkan to'p maydon tashqarisiga chiqib ketdi – mezbonlar foydasiga burchak to'pi.
1. Uchrashuvga start berildi! O'yinni mezbonlar – "Nasaf" futbolchilari maydon markazidan to'pni o'yinga kiritish orqali boshlab berishdi.
Jamoalar maydonga tushib kelishdi. Bugungi uchrashuvda "Nasaf" futbolchilari qizil, "Paxtakor" jamoasi esa to'q ko'k rangli liboslarda to'p suradi.



