

Superliga, 22-tur
Urganch. “Xorazm” sport majmuasi. 20:15
"Xorazm" – "Qizilqum" 1:3
Gollar: 30 - Rafael Tavares, 40 - Otabek Jo'raqo'ziev, 76 - Roman Papariga, 88 - Jambuli Jigauri
Bosh hakam: Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Sardor Hakimov, Shavkat Rahmatov
Zaxira hakami: Nurjahon Sulaymonov
VAR: Ahrol Risqullaev
AVAR: Nasibabonu Toshmuhammedova
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Kamissar: Qudrat Madraimov
“Xorazm”: 77.Umidjon Ergashev, 5.Abbos Otaxonov, 9.Sardorbek Azimov (71.Umid Sultonov, 63’), 10.Rafael Tavares (90.Ulug'bek Hoshimov, 46’), 12.Maksim Shiryaev (22.Sunnatulloh Hamidjonov, 46’), 13.Elzio Lohan, 15.Diyor Ortiqboev, 25.Matiya Rom (7.Temur Ismailov, 81’), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 94.Rustam Abduhamidov (79.Aziz Axrorov, 67’), 96.Rafael Sabino.
Zaxira: 33.Nikola Stoshich, 6.Nurjahon Muzaffarov, 8.Nodir Abduxoliqov, 88.Abror Xo'sinov.
“Qizilqum”: 1.Farhod Rahmatov, 7.Fayzullobek Jumanqo'ziev, 8.Shahzodbek Rahmatullaev (45.Ozodbek Ergashov, 90+2’), 9.Shahzod Turopov (70.Duglas Maykon, 70’), 10.Islom Kenjaboev (97.Roman Papariga, 70’), 15.Nikola Kumburovich, 20.Bobomurod Bozorov (18.Abbosbek Abdug'offorov, 87’), 23.Samandar Shukurillaev, 31.Jambuli Jigauri, 77.Diyor Raxmatilloev, 88.Otabek Jo'raqo'ziev (14.Elbek Otaqulov, 46’).
Zaxira: 72.Jahongir Mamatqulov, 6.Murodali Usmonov, 17.Akmal Muzaffarov, 30.Mehroj Qo'ldoshev.
Ogohlantirishlar: 90+5 - Roman Papariga
Chetlatish: 61 - Ulug'bek Hoshimov
90+5. O'yin yakunlandi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
89. Holat VARda ko'rildi va gol inobatga olindi!
88. Ammo bosh hakam gol deb hisoblamadi vaziyatni.
88. GOL! Jigaurining uzoq masofadan yo'llagan zarbasi avval darvoza to'siniga, so'ng erga tegdi.
81. Abbos Otaxonovning zarbasi aniq bo'lmadi.
79. Hammasi joyida, o'yin davom etadi!
78. Stop, gol bo'lgan vaziyat VARda ko'rilmoqda.
77. “Xorazm” qiyin ahvolda qolmoqda…
76. GOL! Papariga hisobni oshirdi! Rahmatullaev Raxmatilloevga uzatdi, so'ng uning uzatmasini Roman golga aylantirdi!
74. Umid Sultonov raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bosh hakam o'yin qoidasi buzilmadi, deb topdi.
70. Rahmatullaevdan yana bir zarba ko'rdik, bunisi noaniq bo'ldi.
66. Shahzodbek Rahmatullaevning erlatib bergan zarbasidan so'ng to'pni Ergashev ushlab oldi.
65. Ortiqboevdan yana bir zarba, bunisida to'pni darvozabon ushlab oldi.
62. Xorazmlik futbolchilar boshlarini changallagancha qolishdi.
61. Ulug'bek Hoshimovga qizil kartochka ko'rsatildi, “Xorazm” bir kishi kam bo'lib qoldi.
60. Ulug'bek Hoshimov raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgani uchun ogohlantirilgan edi. Endi esa holat VARda ko'rilmoqda. Qizil ehtimoli ko'rilyapti.
58. Temp birinchi bo'limdagi kabi yuqori emas. Bu baribir jamoalarning jismoniy holati bilan ham bog'liq.

53. Diyor Ortiqboevning xavfli zarbasini darvozabon qaytardi!
46. Ikkala jamoada ham o'zgarish amalga oshirildi.
46 Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45. Birinchi bo'lim yakunlandi.
44. Otabek Jo'raqo'zievning uzoqdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi.
41. Zo'r o'yin ko'ryapmiz, do'stlar! Vaziyatlar, gollar - barchasi ajoyib!
40. GOL! Otabek Jo'raqo'ziev hisobni tenglashtirdi! Chap qanotdan Kenjaboev havolatib to'pni uzatdi, Otabek esa o'ng o'tkir burchakda turgan bo'lsa-da, darvozaga aniq zarba berdi!
39. “Qizilqum” ishtirokida hujumlar ko'paymoqda.
35. Sardor Azimovning o'ng o'tkir burchakdan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
32. Islom Kenjaboevning ajoyib zarbasidan so'ng Ergashev to'pni qiyinchilik bilan qaytarib yubordi!
30. Mezbonlar hisobni ochib olishdi, endi buyog'iga mehmonlarga qiyin bo'ladi.

29. GOL! Rafael Tavares hisobni ochdi! Azizbek Pirmuhammadov uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon super seyv bilan qaytardi, so'ng “Qizilqum” himoyachisi to'pni tepib yuborishdan avval Rafael darvozaga to'pni kiritib qo'ydi
20. Jigaurining chap o'tkir burchakdan tepgan to'pini darvozabon qaytardi.
17. Jo'rqo'ziev o'ziga uzatib berilgan to'pni raqibdan olib o'tolmadi, bo'lmasa xavfli vaziyat ko'rardik.
8. Sardor Azimovning uzoqdan bergan zarbasidan so'ng to'pni darvozabon ushlab oldi.
3. Bobomurod Bozorovning bosh bilan yo'llagan zarbasi aniq, ammo kuchsiz chiqdi.
2. Ilk daqiqalaroqdan mehmonlar faol. Otabek Jo'raqo'ziev birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Ergashev to'pni qaytardi!
1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 22-turidan joy olgan bahs - "Xorazm" – "Qizilqum" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!



