

- Yaxshi, qiziqarli o'yin bo'ldi. Hujumkor jamoalar o'ynashdi va o'yinda ko'p vaziyatlar yaratildi. Biz bu o'yin uchun ancha yo'l yurdik, har 2-3 kunda o'yinlar o'tkazyapmiz. Jamoada toliqish bor, lekin shunga qaramasdan biz oxirigacha kurashyapmiz. Yigitlarga katta rahmat aytaman.
- "Xorazm" jamoasi darvozaboni Umidjon Ergashev bugun zo'r o'yin o'tkazdi. U haqda qanday fikrdasiz?
- Tan olish kerak, u bugun 4ta 100 foizlik vaziyatlarda jamoasini qutqardi. Balki boshqa darvozabon bo'lganida hisob yirikroq bo'lishi mumkin edi. O'zi "Xorazm" jamoasi ham yaxshi o'yin namoyish qildi. Shu sababli yaxshi tayyorgarlik ko'rdik.
- "Paxtakor" o'z oldiga qo'ygan maqsadi - chempionlik uchun oxirigacha kurashadimi?
- Albatta, oxirigacha kurashamiz. Har o'yinda g'alaba qozonishni istaymiz.



