Bu yil Superliga "yonadi", dekabrda ham o'yinlar bo'ladi
04 jan 12:04
Yangiliklar
Bu yil Superliga "yonadi", dekabrda ham o'yinlar bo'ladi
Ishtirokchilar soni o'zgarmaydigan bo'ldi: Superligada bu yil ham 16ta jamoa ishtirok etadi. Proligada katta ehtimol bilan 12ta jamoa qatnashishi taxmin qilinyapti.
Ayni paytda PFL Superliga taqvimini takomillashtirish va qura tashlash sanasini o'rganish bilan band. Bu o'rinda milliy terma jamoamizning Jahon chempionatiga tayyorgarlik yo'li ham muhim o'rin tutadi. Jahon chempionatidan so'ng kuzda Osiyo Kubogiga tayyorgarlik boshlanadi. Malumki, navbatdagi Osiyo Kubogi 2027 yilning 7 yanvar - 6 fevral kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Shunday ekan, terma jamoamiz FIFA kunlaridan maksimal foydalanadi. Har bir FIFA kunida kamida ikkitadan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish reja qilingan. FIFAmas kunlari ham yig'in bo'lib qolishi mumkin. Bu esa o'z navbatida Suprliga taqvimiga tasir qiladi.
FIFA kunlari qachon?
Bu yil hisobidan jahon taqvimida to'tta FIFA kuni bor:
23-31 mart
1-9 iyun
21 sentyabr - 6 oktyabr
9-17 noyabr
Eng uzoq FIFA kuni sentyabrda bo'ladi. 21 sentyabrda boshlanib 6 oktyabrga qadar davom etadi va 16 kunni o'z ichiga oladi. Agar hammasi FIFA kunlariga bog'liq bo'lsa bu yaxshi, lekin hozir vaziyat shundayki, terma jamoamizning mundialga puxta hozirlik ko'rishi birinchi planga chiqqan va bu vaziyatda Superliga taqvimida yana o'zgarish ro'y berishi mumkin.
Masalan, may oyida FIFA kuni yo'q. Evropada milliy chempionatlar oxirgi turlarni o'tkazayotgan bo'ladi. Shu bois legionerlarni chaqirish imkonsiz. Lekin Fabio Kannavaroning rejasi bo'yicha may oyida terma jamoa salkam bir oylik yig'in o'tkazadi. Maqsad: Jahon chempionatiga hozirlik ko'rish. Kannavaro o'z yillik rejasini O'FAga, O'FA esa o'z navbatida PFLga taqdim etgan deb o'ylaymiz. Shuning uchun ham Superliga taqvimida 5 maydan keyin tur o'yinlari qo'yilmagan.
Hozirgi reja bo'yicha klublar 5 mayga qadar 11ta turni o'tkazishadi. Ayniqsa aprel oyi rosa o'yinlarga boy bo'ladi: 6ta tur bir oy ichida bo'lib o'tadi. Shu bilan 5 maydan keyin to 20 iyulga qadar Superliga tanaffusga chiqadi. Hozir vaziyat shundayki, birinchi davradan keyin tanaffus bo'lmaydi va birdaniga ikkinchi davraga ulanib ketiladi. Chunki tig'iz yilda bundan boshqa chora qolmayapti.
Superliga 2026 ishchi taqvimi
1-tur. 27-28 fevral, 1 mart
2-tur. 4-5-6 mart
3-tur. 9-10-11-12 mart
4-tur. 19-20-21-22 mart
5-tur. 2-3-4 aprel
6-tur. 7-8-9 aprel
7-tur. 12-13-14 aprel
8-tur. 17-18-19 aprel
9-tur. 22-23-24 aprel
10-tur. 27-28-29 aprel
11-tur. 2-3-4 may
12-tur. 20-21-22 iyul
13-tur. 25-26-27 iyul
14-tur. 30-31 iyul, 1 avgust
15-tur. 4-5-6 avgust
16-tur. 9-10-11 avgust
17-tur. 14-15-16 avgust
18-tur. 19-20-21 avgust
19-tur. 24-25-26 avgust
20-tur. 3-4-5 sentyabr
21-tur. 9-10-11-12 sentyabr
22-tur. 18-19-20 sentyabr
23-tur. 9-10-11 oktyabr
24-tur. 16-17-18 oktyabr
25-tur. 23-24-25 oktyabr
26-tur. 30-31 oktyabr
27-tur. 6-7-8 noyabr
28-tur. 20-21-22 noyabr
29-tur. 27-28-29 noyabr
30-tur. 2-3 dekabr
Pley-off o'yinlari: 6-7-8-9-10-11-12 dekabr
Bu mavsum Superliga 27 fevraldan boshlanadi va dastlabki turga uch kun ajratilgan. Umumiy hisobda mart oyida 4ta, aprelda 6ta va may oyida bitta tur o'tkaziladi. Terma jamoa 5 maydan yig'ilishini hisobga olsak, shu bilan Jahon chempionati tugaguniga qadar o'yinlar bo'lmaydi. May oyida faqat Kubok uchrashuvlari o'tkazilishi mumkin.
12-tur 20 iyuldan start oladi va ayni jaziramada o'yinlar o'tkaziladi. Avgust oyida 5ta tur o'tkazilsa, sentyabr va noyabrga uchtadan, oktyabrga esa to'rtta tur qo'yilgan. Hozirgi taqvimga ko'ra, Superliganing oxirgi turi 2-3 dekabr kunlari bo'lib o'tadi. Undan keyin 6-12 dekabr oralig'ida pley-off uchrashuvlari o'tkziladi.
Pley-off nima berdi?
PFL 16ta jamoalik formatda pley-offni o'tkazib ko'rdi va bu o'yinlar ham o'ziga yarasha qiziq kechdi. "Qo'qon-1912"ning o'z maydonida "Xorazm"ni qabul qilishi, "Mashal"ning Qarshida "Buxoro"ga qarshi bahs olib borishi va har ikkala bahsda durang qayd etilib, g'olib penaltilar seriyasida aniqlangani qiziq bo'ldi.
Keyinchalik "Buxoro" "Xorazm"ga qarshi o'ynab 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi va 16 dekabr kuni elitada qolish uchun "Aral"ga qarshi oxirgi pley-off uchrashuvini o'tkazdi. Lekin bu o'yinda tajriba o'z so'zini aytib, "Buxoro" 1:0 hisobida g'alaba qozongan holda Superligadagi o'rnini saqlab qoldi.
Shunday bo'ldiki, "Aral" baribir Superligaga chiqa olmadi, ammo 9 noyabr kuni Proligada oxirgi turni o'tkazgan jamoa bitta pley-offda maydonga tushishi uchun salkam 40 kun kutishiga to'g'ri keldi. Albatta, bu juda ko'p muddat. Qolaversa "Buxoro" 40 kun ichida to'rtta rasmiy bahs o'tkazib, o'z formasini ushlagan holda "Aral" bilan o'yinga etib keldi. "Aral" esa avvaliga Proligani tugatib futbolchilarga malum muddat dam berdi, keyin yig'ilib yig'in o'tkazdi va bitta nazorat bahsida maydonga tushish orqali pley-offga hozirlik ko'rdi.
Bu o'rinda boshqacha yo'l tutsa ham bo'ladi. Qachonki bizda Proligadan kamida ikkita jamoa Superligaga loyiqligini isbotlay olsa, dastlabki ikki o'rinni egallagan klublar Superligaga chiqadi. Shunda Superligani oxirgi o'rindagi jamoa to'g'ridan to'g'ri tark etadi va undan yuqoridagi to'rtta jamoa o'rtasida o'zaro pley-off bo'ladi va pley-off o'yinlarida eng oxirgi o'rinni olgan jamoa ham Superliga bilan xayrlashadi. Endi buyam bir variant. Yoki ikkinchi yo'l: PFL pley-off g'oyasidan voz kechib, mavsumni yakunida Superligani 2ta jamoa tark etishi va Proligadan 2ta jamoa chiqishini qo'llaydi.
Xullas bu yil Superliga "yonishini" taxmin qilish qiyin emas. Faqat bu o'rinda bir narsani xohlaymiz, Kannavaro o'z rejasini nihoyatda pishiq tuzsinki, Superliga taqvimi chiqdimi o'zgarish bo'lmasin. Zero bu ham klublar rejasiga tasir ko'rsatib, murabbiylarni boshi berk ko'chaga olib kirib qo'yishi mumkin.
X.Xoliqov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar