"Manchester Yunayted" klubi Amorim bo'yicha rasmiy bayonot berdi
05 jan 15:33
Yangiliklar
"Manchester Yunayted" klubi Amorim bo'yicha rasmiy bayonot berdi
Ruben Amorim "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
"Ruben 2024 yilning noyabr oyida tayinlangan va may oyida jamoani Bilbaoda bo'lib o'tgan UEFA Evropa Ligasi finaliga olib chiqqandi.
"Manchester Yunayted" Premer-ligada oltinchi o'rinni egallab turgani sababli, klub rahbariyati murakkab qarorga to'xtaldi va o'zgarish qilish vaqti kelganini bildirdi. Bu qaror jamoaga Premer-ligada imkoni boricha yuqori o'rinni egallash uchun yaxshiroq imkoniyat beradi deb hisoblanmoqda.
Klub Rubenga qo'shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi va kelgusi faoliyatida unga omad tilaydi.
Darren Fletcher chorshanba kuni "Byornli"ga qarshi o'yinda jamoani boshqaradi", – deyiladi bayonotda.
Avalroq jamoani mavsum so'ngiga qadar Darren Fletcher boshqarishi haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar