"Man Siti" Gvardiol va Diashning jarohati sabab qishki transfer oynasida himoyachi sotib olmoqchi
05 jan 20:24
Yangiliklar
"Man Siti" Gvardiol va Diashning jarohati sabab qishki transfer oynasida himoyachi sotib olmoqchi
"Manchester Siti" qishki transfer oynasida "Kristal Pelas"ning 25 yoshli markaziy himoyachisi Mark Gexini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
"Shaharliklar" "Chelsi" bilan o'yinda (1:1) jarohat olgan Yoshko Gvardiol va Ruben Diash bilan bog'liq vaziyat tufayli futbolchiga bo'lgan qiziqishni faollashtirishdi. Shuningdek, tarkibda Jon Stounz ham jarohat sabab safdan chiqqan.
"Manchester Siti" Gexi transferi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilishdan oldin Gvardiol va Diashning jarohati borasidagi to'liq malumotni kutadi.
Himoyachining "Pelas" bilan amaldagi shartnomasi shu mavsum oxirida yakuniga etadi. Avvalroq "Bavariya", "Real", "Barselona", "Inter" va "Atletiko" futbolchini erkin agent sifatida qo'lga kiritishga qiziqish bildirgandi.
Gexi joriy mavsum APLda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Менимча янги химоячилар сотиб олса хам Хусановга кўпроқ имконият берса керак,чунки ўйнаб юрибдида жамоа билан
Men kecha boshqa jamoaga oʻtish kerak desam Husanovni yulduzli onlari hali oldinda deb hamma meni yomon koʻrdi Husanov oʻziga mos jamoaga oʻtish kerak Himoyaga koʻproq eʼtibor beradigan jamoaga oʻtsa asosiy tarkib oʻyinchisi boʻladi Sitida Pep hamma hujum qilishni hohlaydi kreativ fikrlashni hohlaydi hatto darvozabon ham