Inyaki Uilyams va Valverde "Barselona" bilan o'yindan oldin nima dedi?
07 jan 03:46
Yangiliklar
Inyaki Uilyams va Valverde "Barselona" bilan o'yindan oldin nima dedi?
"Atletik" Bilbao va Gana terma jamoasi futbolchisi Inyaki Uilyams basklar nomidan OAV savollariga javob berdi.
"Ko'plab davlatlar futbolni targ'ib qilishni Saudiya Arabistonidan o'rganishsa bo'ladi. Mamlakat 2034 yildagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritgan. Shunday ekan Ispaniya Superkubogiga Jidda mezbonlik qilayotganidan xursandman. Yarim final bahsiga kelsam, men sensaciya va jamoamga ishonaman. Ertaga final yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun maydonga chiqamiz. Qolaversa, jamoamizning boshqa mamlakatlardagi muxlislari qarshisida maydonga tushishimizni ham unutmasligimiz kerak.

2017 - 2020 yillar davomida kataloniyaliklar ustozi bo'lgan Ernesto Valverde "Barselona" bilan o'yin oldidan sensaciyaga ishonishini aytib o'tdi:
- Biz musobaqaning mashhur jamoasi bo'lmasligimiz mumkin, lekin kutilmagan natija qayd etish imkoniyati yo'q emas. Bundan foydalanishimiz kerak. Raqibni yutish juda qiyin bo'lsada, buning uchun 90 daqiqa imkoniyatimiz bor. Oson bo'lmaydi, ammo raqib ham engil yutaman deb o'ylamayapti.
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar