Gvardiola "Chelsi" bilan o'yinda ikki himoyachisidan ayrildi
05 jan 17:07
Yangiliklar
Gvardiola "Chelsi" bilan o'yinda ikki himoyachisidan ayrildi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola BBC Radio 5 Live efirida "Chelsi"ga qarshi durang (1:1) haqida fikr bildirdi.
Ochkolar yo'qotilganiga qaramay, murabbiy o'yin sifatida qoniqqanini aytdi, biroq jarohatlanganlar bo'yicha xavotirli xabarlarni malum qildi.
"Bor narsa — shu. Biz top-jamoaga qarshi ajoyib o'yin ko'rsatdik, afsuski, barcha ochkolarni qo'lga kirita olmadik".
Uchrashuv ikki asosiy himoyachi — Ruben Diash va Yoshko Gvardiolning jarohatlari bilan yodda qoldi. Gvardiolaning taxminlari esa salbiy ko'rinishda:
"Ko'rinishiga qaraganda, ularning ahvoli yaxshi emas, ertaga ko'ramiz. Menimcha, ular bir necha haftaga safdan chiqdi".
Eslatib o'tamiz, kecha "Chelsi" bilan o'yinning 51-daqiqasida jarohatlangan Yoshko Gvardiol o'rniga o'zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov maydonga tushgan va munosib o'yin namoyish etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar