

"Menimcha, bu mavsumning eng muhim o'yini bo'ldi va hamma kurashishga tayyor edi. Mavsumni shunday yakunlash - eng katta orzu. Ketma-ket ikkinchi g'alabamiz. Men faxr tuyg'usini his etyapman, hamma faxrlanmoqda. Parij va oilalarimiz faxrlanyapti.
Bugun biz Yevropaning eng kuchli jamoasi ekanligimizni ayta olamiz. Bu jamoada o'ynashdan zavqlanmoqdamiz. Hammamiz kamtarmiz va bu sizga boringizni berishga undaydi. Hozir esa g'alabani shunchaki Parij xalqi bilan birga nishonlashni xohlaymiz", – dedi 26 yoshli portugaliyalik.
Vitinya Chempionlar Ligasi finalining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.



