Gabriel: "Bu juda og'riqli, lekin men jamoam bilan faxrlanaman..."

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2026, 15:10
"Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyaes PSJga qarshi Chempionlar Ligasi finalidagi penaltidan foydalana olmaganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda klub muxlislariga maktub yo'lladi.

30 may kuni PSJ Chempionlar Ligasi finalida "Arsenal"ni penaltilar seriyasiga ko'ra (1-1, 4-3) mag'lub etdi. Gabriel "kanonirlar" safida beshinchi penaltini amalga oshirdi. 28 yoshli himoyachi noaniq zarba yo'llashi oqibatida London jamoasi parijliklarga mag'lub bo'ldi.

2.jpg

"Bu og'riqli, lekin men jamoa va bu mavsumda birgalikda erishgan barcha yutuqlarimiz bilan faxrlanaman. Har bir qadamda qo'llab-quvvatlagan ajoyib muxlislarimizga rahmat. Siz bu yo'lni biz bilan nishonlashga va paraddan zavqlanishga loyiqsiz", – dedi Gabriel.

"Arsenal"ning 31 may kungi paradi APL rekordini o'rnatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com