Gabriel APLdagi eng qiyin raqibni tanladi

Mirjalol Normatov
22 mar 2026
"Arsenal" himoyachisi Gabriel Magalyaes final oldidan "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland haqida gapirdi.

U norvegiyalikni APLdagi eng qiyin raqib sifatida etirof etdi.

- Menga har doim hujumchiga qarshi o'ynash yoqadi. Chunki bu mening ishim, men kurashishim kerak.

U yuqori darajadagi futbolchi. Unga ham menga qarshi o'ynash juda yoqsa kerak. Bu qiziqarli bo'ladi.

- Xolandni APLdagi eng qiyin raqib desa bo'ladimi?

- Ha, albatta, - dedi Gabriel.

"Manchester Siti" va "Arsenal" jamoalari ishtirokidagi final o'yini bugun 21:30da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph