"Arsenal"ning paradi APL rekordini o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2026, 14:00
Londonning "Arsenal" jamoasi Premer-liga tarixidagi eng yirik masshtabdagi chempionlik paradini o'tkazdi.

Turli hisob-kitoblarga ko'ra, "kanonirlar"ning chempionlik bayrami taxminan 1,5 million kishini jalb qildi. Bu "Liverpul"ning rekordi yangilanganini anglatadi.

2.jpg

Londonning qizil tomoni chempionlikni kechgacha nishonladi. Futbolchilar ochiq avtobusda shahar bo'ylab sayr qilishdi, muxlislar bilan birga qo'shiq kuylashdi va tarixiy mavsumdan keyin emociyalarini yashirib o'tirishmadi.

Bunga qadar Angliyadagi eng katta futbol paradi "Liverpul"ga tegishli edi. 2025 yilda mersisaydliklarning chempionligini taxminan 1,2 million kishi nishonlagan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC