So’nggi yangiliklar

10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  5 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3

Ashortia: "Andronikashvili bilan birgalikda "Andijon" yaxshi natijalariga erishishi uchun yordam beramiz" Yangiliklar

Ashortia: "Andronikashvili bilan birgalikda "Andijon" yaxshi natijalariga erishishi uchun yordam beramiz"

“Andijon” jamoasi bilan shartnoma imzolagan gruziyalik Imeda Ashortia kuni kecha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Imeda, faoliyatingizda yangi sahifa ochildi. Uning sahifalarini yozishga tayyormisiz?

- Ha, men nihoyatda xursandman. Faoliyatimni endi “Andijon”da davom ettirishim men uchun juda yaxshi motivaciya. Shuni aytishim mumkinki, bu erda bor kuchimni ishga solib, o'zimni ko'rsatish uchun o'ynayman. 

- “Andijon” klubidan taklif olganingizda birinchi bo'lib kim bilan maslahatlashdingiz?

- To'g'risini aytsam, barchasi juda tez ro'y berdi. Ochiq aytaman, men ko'p o'ylanib o'tirmadim. Menga Samvel Babayan qo'ng'iroq qildi va bu taklifni darrov qabul qildim.

- Qishki tatilni qanday o'tkazdingiz va hozirda o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Qishki tatilda “Bunyodkor” bilan o'tkazgan bunday mavsumdan keyin oilam bilan xordiq chiqardim. Sizlar bilasizlar, bizda doim bu borada qandaydir bajarishimiz kerak bo'lgan dastur bo'ladi. Men o'z ustimda ishlash uchun mashg'ulotlarni bajardim. 

- “Burgutlar”ning bir qismi bo'lish siz uchun qanchalik muhim?

- “Andijon” sharafini himoya qilish men uchun juda muhim. Har bir uchrashuvda jamoamni yaxshi natijaga erishishi uchun 100 foiz o'zimni ko'rsatish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.  “Andijon”ni yaxshi bilaman. O'zbekistondagi oddiy jamoa emas. Xudo xohlasa, o'z ambiciyalarimizga sodiq qolgan holda yaxshi harakat qilamiz va ijobiy natijalarga erishamiz.   

- “Bobur Arena”da qanday muhitni tasavvur qilyapsiz?

- “Bobur Arena” haqida gapiradigan bo'lsam, bir marta “Bunyodkor”ning “Andijon”ga qarshi o'yinida bu stadionda o'ynaganman. Ana shunda his qilganmanki, u erda atmosfera juda yuqori darajada bo'ladi. Ishonamanki va xohlaymanki, yangi mavsumda ham bundan zo'r bo'ladi. Chunki “Bobur Arena” bizniki bo'lganligi uchun yanada boshqacha kechadi. Stadion muxlislar bilan liq to'lishini juda ham xohlayman. Bu har bir futbolchi uchun juda ham muhim. To'g'risini aytaymi, “Andijon”ga o'tishimni asosiy faktorlaridan biri “Bobur arena”dagi atmosferani zo'rligi tufaylidir.  

- Yangi mavsumda nechta gol urishni rejalashtiryapsiz?

- Nechta gol urishimni hozir ayta olmayman. Biroq men ko'proq gol urishga harakat qilaman. Negaki, hujumkor futbolchi har doim gol urishni va jamoasiga yordam berishni istaydi. Lekin shuni aytishim kerakki, men faqatgina o'zimni o'ylaydigan futbolchi emasman. Men uchun futbol - bu sportning jamoaviy turi. Shu sababli meni xayolim va fikrim jamoamizni ko'proq g'alaba qozonishiga qaratilgan va buni xohlayman. Gol urishim va jamoaga yordam berishim esa qo'shimcha ish. Asosiysi esa “Andijon”ning g'alabasidir.   

- Hamyurtingiz Andronikashvilining “Andijon” klubiga o'tishi haqida qanday fikrdasiz?

- O'ylaymanki, Andronikashvilini jamoamizga transfer qilinishi juda yaxshi va kerakli. Chunki sifatli futbolchi. Shuningdek, u gruzin va bu men uchun ham juda muhim. Xudo xohlasa, birgalikda "Andijon" yaxshi natijalariga erishishi uchun yordam beramiz. 

- Samvel Babayan bilan birinchi marta ishlayapsiz... 

- Bosh murabbiy haqida aytadigan bo'lsam, uni yaxshi mutaxassisligini va hurmat-etiborini barcha yaxshi biladi. Shu bois qaror qabul qilayotganimda, bosh murabbiy bilan gaplashganimda ushbu jihatlarini ham hisobga oldim. Men u bilan oldin ishlamaganman. Ammo Samvel Vyacheslavovichni bilaman. Qaerda bo'lmasin natija qila oladi. Shuning uchun undan menga nisbatan qiziqish bo'lganidan so'ng chaqiruvini xursandchilik bilan qabul qildim.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
05 jan 20:22:01
Akbar Umarov
Andijon bu tarkib bilan bemalol 3-5 orinlar uchun kurashsa boladi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика