So’nggi yangiliklar

15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  0 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  2 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  2 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  1 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  3 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  1 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  2 10:20Салоҳ Саудия чемпионатига ўтишга рози  3 09:15Камолиддин Тожиев: "Бу биз учун оғриқли мавзу"  3 08:46"Нефтчи" "Насаф"нинг яна бир футболчисига қизиқиш билдирмоқда  9

Humoyunmirzo Iminov: "Men raqobatga tayyorman" Yangiliklar

Humoyunmirzo Iminov: "Men raqobatga tayyorman"

"Andijon" matbuot xizmati klub yangi mavsum uchun amalga oshirgan yana bir transferlaridan biri Humoyunmirzo Iminov bilan suhbatlashdi.

- Humoyunmirzo, "Andijon" klubiga xush kelibsiz! Ushbu taklifni qabul qilishda kim bilan maslahatlashdingiz?

-  Avvalambor, Andijon muxlislariga assalomu alaykum. Taklifga keladigan bo'lsak, dadam va akam bilan maslahatlashdim.

- Rosti, shunday taklif bo'lishini kutganmidingiz va uni qanday qabul qildingiz?

- To'g'risini aytsam,  taklif bo'lishini kutmagandim. Lekin bunday atmosferada o'ynashni niyat qilgandim. Ushbu taklifdan xursand bo'ldim.

-  Bilasiz, bu mavsumda jamoaning maqsadlari va rejalari katta. Shuning uchun tarkib kuchaytirilyapti. Raqobat ham kuchli bo'ladi. O'zingizni ko'rsatishga tayyormisiz?

- Men ham jamoaga qo'ldan kelgancha maqsad va rejalarni amalga oshirish yo'lida o'z hissamni qo'shmoqchiman. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Men raqobatga tayyorman. Xudo xohlasa, albatta o'zimni yaxshi taraflama ko'rsataman va shunga harakat qilaman.

- "Burgutlar" azosiga aylanishingizni  faoliyatingizda qanday bosqich deb o'ylaysiz?

- Yuqori deb hisoblayman. Xudo xohlasa, futbolchi sifatida o'sishimga yordam beradi, deb o'ylayman.

- O'zingiz uchun raqamni tanladingizmi?

- 10 va 11-raqamlarni juda yoqtiraman. Shulardan birini tanlagan bo'lardim. 

- "Andijon"ga o'tishingiz bilan tabriklagan dastlabki uch nafar odam kim bo'ldi?

- Dadam, onam va akam birinchilardan tabriklashdi.

- Muxlislar uchun nima deya olasiz?

- Muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishga harakat qilaman hamda jamoamizni yaxshi natijani qo'lga kiritishida o'z hissamni qo'shishga bor kuchimni sarflayman.

Reyting: +3   

Fikrlar

+1   
06 jan 21:05:31
.
MTJga tortadi shu bolani òyini kuchli zarbalari bor
   
07 jan 09:04:41
Akbar Umarov
Paxtakor bor qolgan klublarda ne gamlar bor. Paxtakor bu Futbolchilarni katta fabrikasi, qaynar, humchasi, ochil dasturxoni shunday emasmi
   
06 jan 21:37:54
Жалоладдин Мухаммадович✈
. foydalanuvchining fikriga javob berish
MTJga tortadi shu bolani òyini kuchli zarbalari bor
Ҳамма нарсаси жойида лекин оғир харакат қилад
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика