So’nggi yangiliklar

21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинга такрорланмайди деб умид қиламан"  3 21:45Ўйнайдими ё ўйнамайдими? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  0 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  1 21:15"Реал" билан ўйиндан аввал Гризман машғулотга чиқмади!  0 20:55Флетчер МЮни бошқариш таклифи берилгани ҳақида: "Хаёлимга келган биринчи нарса Фергюсон билан гаплашиш эди"  5 20:55Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик  93 20:25Opta "Арсенал"нинг АПЛ чемпионлигини қўлга киритиш эҳтимоллигини ҳисоблаб чиқди  2 19:52ФОТОГАЛЕРЕЯ. "Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  3 19:44"Локомотив" икки иқтидор билан шартномани узайтирди: Улар 2029 йилгача "темирйўлчи" бўлиб қолишади  1 18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  6 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  4 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  2 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  9 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  3

"So'g'diyona" Gruziyaning 2 karra chempioniga qarshi bahs yuritadi Yangiliklar

"So'g'diyona" Gruziyaning 2 karra chempioniga qarshi bahs yuritadi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

2026 yilgi mavsumda yuqori maqsadlarni ko'zlagan "So'g'diyona" futbol klubi yangi mavsumga puxta va reja asosida tayyorgarlik ko'rishni boshladi. 

Jamoamiz qishki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini bir necha bosqichda o'tkazib, jismoniy va taktik jihatdan to'liq shakllanishni maqsad qilgan.

Tayyorgarlikning dastlabki bosqichi 10-20 yanvar kunlari Jizzax shahrida tashkil etiladi. Ushbu davrda futbolchilarning umumiy jismoniy holatini tiklash va asosiy yuklamalarga tayyorlashga alohida etibor qaratiladi.

Shundan so'ng 21 yanvardan 20 fevralga qadar jamoa Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini davom ettiradi. Antaliyadagi yig'in yuqori intensivlikdagi mashg'ulotlar, taktik ishlanmalar va raqobatbardosh o'yinlar bilan ajralib turadi.

Mazkur yig'in doirasida So'g'diyona bir qator xorijiy jamoalarga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Ushbu bellashuvlar yangi mavsum oldidan jamoaning o'yin tizimini mukammallashtirish, futbolchilarning musobaqa ritmiga kirishini taminlashda muhim ahamiyat kasb etadi", – deyiladi xabarda. 

O'rtoqlik uchrashuvlari jadvali:

23 yanvar — "Spartak" Subotica (Serbiya)

29 yanvar — "Sileks" (Shimoliy Makedoniya)

1 fevral — "Chelyabinsk" (Rossiya)

4 fevral — "Altay" (Qozog'iston)

10 fevral — "Rustavi" (Gruziya)

13 fevral — "Nijniy Novgorod" (Rossiya)

16 fevral — "Dinamo" Batumi (Gruziyaning 2 karra chempioni)

19 fevral — "Fakel" (Rossiya)

Reyting: +2   

Fikrlar

   
05 jan 18:59:46
Sarvar Imomnazarov
Qaysi jamoa haqida gap ketayotganiniham yozib qoʻyiylarda. Ikkita Gruziya jamoasiga qarshi oʻynaydi ekanku. Qaysi biri 2 karra chempion. Oʻyla, izla, topmi biyogʻi.
   
05 jan 16:42:57
Abdulaziz Turdibekov
qanaqa yuqori yana o'sha 2006-2007 lani o'ynatadi bo'ldi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика