"Real" TV Rodrigoning jarima maydonida yiqilishi haqida: "Translyaciya kontakt paytida boshqa kadrga o'tib ketdi"
08 okt 16:21
Yangiliklar


"Real" TV Rodrigoning jarima maydonida yiqilishi haqida: "Translyaciya kontakt paytida boshqa kadrga o'tib ketdi"
"Real" klubi telekanali belgilanmagan penalti vaqtidagi translyaciya muammosiga etibor qaratdi.
Madridliklar La Liganing 8-turida "Vilyarreal"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida "Real" vingeri Rodrigo himoyachi Rafa Marin bilan kurash paytida raqibning jarima maydonida yiqildi. Hakam Gilermo Kuadra Fernandes bu epizodda qoida buzilgan deb hisoblamadi.
"Bu penalti epizodi — “sohta zona” misoli. Hakam vaziyatni o'zi baholadi va buni fol deb hisoblamagani uchun VAR aralashmadi.
Kontakt bo'lgan — Rafa Marin tuzoqqa tushdi.
Biz buni ko'rmadik, chunki translyaciya kontakt paytida boshqa kadrga o'tib ketdi. Hammasi juda aniq edi", — deyildi "Real" klub telekanalida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar