Vali Sultonov: "Afsuski, g'alaba qozona olmadik"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2026, 22:28
Superliga 28-turdan o'rin olgan "Xorazm" – "Buxoro" uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Vali Sultonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Afsuski, g'alaba qozona olmadik. Uch nafar asosiy futbolchimiz jarohat sabab bugun maydonga tushmadi. Bu ham jamoamizga ta’sir qildi. Shunga qaramay maydonga tushganlar bor kuch bilan harakat qildi, kam bo'lsa-da vaziyat yaratdik. Jangovor durang qayd etildi. Oldinda yana ikkita uchrashuv qoldi, shu o'yinlarga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia