Fabio Kannavaro: "Shuni ayta olamanki, munidaldagi temp shunchaki dahshatli" (matbuot anjumani)
06 okt 17:24
Yangiliklar


Fabio Kannavaro: "Shuni ayta olamanki, munidaldagi temp shunchaki dahshatli" (matbuot anjumani)
"Kelganlar uchun rahmat. Menga bunday imkoniyat berilganidan xursandman. Men uchun katta sharaf. Associaciya so'nggi ikki yilda ko'plab yosh futbolchilarni tarbiyaladi. O'zbekistonga kelishimining sabablaridan biri shu. Men bu erda barchasini o'zgartirish emas, men u yo'lni davom ettirishni istayman. Menga juda motivaciyaga to'laman. Futbolchilarni tezroq maydonga boshlab tushishni xohlayman. Agar biror savollaringiz bo'lsa, marhamat.
O'zbekistonda ko'p vaqt bo'laman. O'zim bilan hatto velosipedimni ham olib keldim", – dedi Kannavaro.
"O'FA rahbariyatiga rahmat. To'rt yil davomida yaxshi natijalarga erishdik. Qo'ldan kelgancha yordam beramiz. Terma jamoa hamma narsadan ustun, kim ishlashidan qati nazar. Oldimizda Jahon chempionati bor. Termamizga muxlislik qilamiz", – Kapadze.
- O'FA elon qilingan postda Timur Kapadze nomi yo'q. Hozir bu erda Kapadzeni "yordamchi murabbiy" deya ko'rsatilgan. Kapadze shtabdan o'rin oldimi yoki yo'q?
- Hozircha yig'inda yordamlashaman. Keyin esa vaqt ko'rsatadi. Hozir Kannavaro yangi, futbolimizni o'rganib olguncha shu erda bo'laman.
- Murabbiy uchun dastlabki sinovlardan biri Urugvayga qarshi o'yin. Italiya bilan o'rtoqlik bo'lar, balki...
- Hozir mundialdamiz. Italiya hali mundialda emas. Afsuski, Italiya hali JCHda emas. Hozir futbol faqaqt Evropada emas. Men ko'p joylarda ishladim va, ayniqsa, Osiyoda. Osiyo futboli qanday darajada ekanligini bilaman. Muammmo Italiyaga qarshi o'ynashda emas, Osiyo terma jamoalari ham kuchayib olgan. Sababi Osiyo futbol mamlakatlari o'z futboliga ko'p pul ajratishmoqda. Ayniqsa, yoshlar futboliga. Italiyaga qarshi o'ynasak, munosib qarshilik ko'rsata olamiz.
- 8 oyda JCHda yaxshi natija qayd etadigan jamoa tuza olishingizga ishonasizmi?
- Terma jamoa allaqachon raqobatbardosh bo'lib ulgurgan. Yaxshilash kerak bo'lgan jihatlar ko'p, albatta. Muhimi intensivlikni oshirish. Osiyo va Evropa futboli farqi intensivlikda. Bu haqda O'FA bilan gaplashaman. Butun o'yin davomida tempni ushlab tura olish kerak va faqat shundagina g'alaba qozonish imkoniyati oshadi. Jismoniy jihatni nazorat va yaxshilash kerak. Barcha jismoniy murabbiylar bilan gaplashaman. Ular menga barcha malumotlarni taqdim etsa, yaxshi bo'lardi. Menimcha, bu erda hech kim Jahon chempionatida qatnashmagan. Men shuni ayta olamanki, munidaldagi temp shunchaki dahshatli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar