

Niderlandiya – O'zbekiston 2:1
Gollar: 1:0 – 32, Kodi Gakpo (penalti), 1:1 – 90+2, Igor Sergeev, 2:1 – 90+8, Kodi Gakpo
Niderlandiya: 1. Bart Verbryuggen (23. Mark Flekken, 67), 22. Denzel Dumfris, 6. Yan Pol van Xekke, 4. Virjil van Deyk (s), 15. Mikki van de Ven, 8. Rayan Gravenberx, 14. Tijjani Reynders, 21. Frenki de Yong (16. Gus Til, 72), 24. Krisensio Sammervill, 18. Doniell Malen (19. Brayan Brobbi, 65), 11. Kodi Gakpo.
Zaxira: 13. Robin Rufs, 25. Yorrel Xato, 12. Mats Viffer, 5. Natan Ake, 2. Yurrien Timber, 3. Marten de Ron, 7. Djastin Klyuyvert, 26. Kvinten Timber, 20. Tyon Kopmeyners, 10. Memfis Depay, 17. Noa Lang, 9. Vaut Vegxorst.
O'zbekiston: 1. O'tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farruh Sayfiev, 5. Rustam Ashurmatov, 6. Akmal Mozgovoy, 7. Otabek Shukurov, 11. Oston O'runov (17. Dostonbek Hamdamov, 54), 13. Sherzod Nasrullaev, 14. Eldor Shomurodov (21. Igor Sergeev, 77), 22. Abbosbek Fayzullayev (8. Jamshid Iskandarov, 78), 26. Jahongir O'rozov.
Zaxira: 12. Abduvohid Ne'matov, 16. Botirali Ergashev, 24. Behruz Karimov, 25. Avazbek O'lmasaliev, 15. Umarbek Eshmurodov, 3. Hojiakbar Alijonov, 18. Abdulla Abdullaev, 23. Sherzod Esanov, 26. Umarali Rahmonaliev, 20. Jasurbek Jaloliddinov, 29. Ruslanbek Jiyanov, 28. Azizbek Amonov, 30. Sherzod Temirov.
Ogohlantirishlar: Rustam Ashurmatov (68), Krisensio Sammervill (74)
Chetlatish: Gus Til (87)
90+10' – Uchrashuv yakunlandi. Bosh hakamning final hushtagi chalindi.
Drama va hayajonga boy bo'lgan bahs afsuski mag'lubiyat bilan yakun topdi. So'nggi daqiqalarda Igor Sergeev tomonidan kiritilgan gol bizga umid baxsh etgan edi, biroq uchrashuvning eng so'nggi soniyalarida belgilangan penalti vaziyatni mezbonlar foydasiga hal qilib ketdi. O'zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi kechgan qiyin uchrashuvda 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Milliy terma jamoamizga keyingi bahslarda omad tilab qolamiz!
90+8' – Gol... Niderlandiya terma jamoasi penaltini aniq amalga oshirdi.
To'p qarshisiga kelgan Kodi Gakpo darvozabonimizga hech qanday imkoniyat qoldirmay, kuchli va aniq zarba bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. So'nggi soniyalarda o'tkazib yuborilgan gol juda alamli bo'ldi. Hisob – 2:1.
90+7' – Bosh hakam uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalar davom etayotgan bir paytda darvozamiz tomon penalti belgiladi!
So'nggi soniyalarda yuzaga kelgan xavfli vaziyatda himoyachimiz Abduqodir Husanov o'z jarima maydonchamiz ichida raqib futbolchisini ushlab qoldi, deb topildi. Hakam hech bir ikkilanishsiz 11 metrlik jarima zarbasini ko'rsatmoqda. Nahotki g'alabaga teng bo'lgan durangni qo'ldan chiqarsak? Butun diqqat-e'tibor darvozabonimizda!
90+5' – Uchrashuv yakunlandi! Bosh hakamning final hushtagi chalindi.
90+5' – Husanov raqibning xavfli hujumidan so'ng darvoza tomon kirib ketayotgan to'pni qaytardi.
90+2' – GOOOOOOOOOOL!!! IGOR SERGEEV!!! Vakillarimiz uchrashuvning so'nggi daqiqalarida hisobni tenglashtirishmoqda!
Maydonda bir kishi kam bo'lib qolgan Niderlandiya himoyasidagi pala-partishlikdan unumli foydalangan hujumchimiz Igor Sergeev raqib darvozasini aniq nishonga oldi! Zaxiradan maydonga tushgan hujumchimiz o'ziga berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalandi. Hisob – 1:1! To'xtamaymiz, yigitlar, g'alaba uchun vaqt bor!
90' – Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. To'xtalishlar va VAR tekshiruvlari inobatga olinib, bosh hakam tomonidan ikkinchi bo'limga 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi. Oldinda eng hayajonli daqiqalar!
88' – Belgilangan xavfli jarima zarbasini Otabek Shukurov amalga oshirdi. Jarima maydonchasi chizig'iga yaqin masofadan yo'llangan kuchli zarbadan so'ng to'p jonli devordan o'tib, darvoza to'sinining yuqorisidan o'tib ketdi. Hisobni tenglashtirish uchun juda qulay imkoniyat boy berildi.
87' – Hakamning qarori: Qizil kartochka va jarima zarbasi! VAR monitori oldida vaziyatni sinchiklab ko'rib chiqqan bosh hakam qoida buzilishi jarima maydonchasi tashqarisida sodir bo'lgan deb topdi. Penalti yo'q, ammo raqib darvozasiga juda yaqin masofadan xavfli jarima zarbasi belgilandi!
Shuningdek, to'pga qo'l bilan o'ynab, golli vaziyatni yo'qqa chiqargani uchun Niderlandiya terma jamoasi a'zosi Gus Til o'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan maydondan chetlatildi. Mezbonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi. Vakillarimizda hisobni tenglashtirish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga kelmoqda!
85' – Diqqat, o'ta muhim vaziyat! Bosh hakam VAR (videoassistent) tizimidagi hamkasblari bilan aloqaga chiqdi va yuzaga kelgan ehtimoliy penalti vaziyatini monitor orqali o'zi borib ko'radigan bo'ldi.
Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi o'z jarima maydonchasi atrofida to'pga qo'l bilan o'ynagani aniqlandi. Hozirgi bahsli vaziyat shundaki – raqib futbolchisi to'pni jarima maydonchasi ichida yoki tashqarisida qo'l bilan o'ynaganmi? Agar hakam qoida buzilish chiziq ustida yoki ichkarida bo'lgan deb topsa, darvozaga penalti belgilanishi mumkin. Kutamiz!
82' – Xavfli vaziyat! Himoyachimiz Rustam Ashurmatov o'z jarima maydonchamiz ichida tavakkalchilikka qo'l urdi. U raqib uzatmasini qaytaraman deb, bosh bilan o'z darvozamiz tomon zarba berayotgandek tuyuldi va ishqibozlarni biroz hayajonga soldi. Baxtimizga, to'p xavfli traektoriya bilan maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Burchak to'pi.
77' – O'zbekiston terma jamoasi tarkibida bir yo'la ikkita o'zgarish. Bosh murabbiy tarkibni yangilab, hujumkorlikni oshirishga harakat qilmoqda: maydonni sardor Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev tark etishdi.
Ularning o'rniga o'yinga Igor Sergeev hamda Jamshid Iskanderov qo'shildi.
74' – Maydonda asablar taranglashmoqda. Vakilimiz Dostonbek Hamdamov raqib yarim himoyachisi bilan to'qnashib ketdi. Qo'pol harakat qilgani uchun Niderlandiya terma jamoasi a'zosi Krisensio Sammervill bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.
72' – Niderlandiya terma jamoasida navbatdagi o'zgarish! Mezbonlar bosh murabbiyi maydon markazini yangilamoqda: Frenki de Yong zaxiraga olindi, uning o'rniga Gus Til bahsga qo'shildi.
69' – Darvozamizdan to'p o'rin oldi, ammo... Gol inobatga olinmadi! Zaxiradan o'yinga qo'shilgan Brayan Brobbi jarima maydonchamiz ichiga yorib kirib, sovuqqonlik bilan aniq zarba yo'llagan edi. Baxtimizga, hakamlar ushbu vaziyatda hujumchining o'yindan tashqari holatda bo'lganini qayd etishdi. Hisob o'zgarishsiz qoldi.
68' – Futbolchimizga sariq kartochka. Himoyachimiz Rustam Ashurmatov raqibning xavfli hujumini qoida buzish evaziga to'xtatib qolgani uchun bosh hakam tomonidan ogohlantirildi. Ortda qolgan daqiqalarda yanada ehtiyotkorroq o'ynash talab etiladi.
67' – Niderlandiya terma jamoasida majburiy o'zgarish! Eslab o'tsak, biroz avvalroq vakilimiz bilan havoda to'qnashib ketgan darvozabon Bart Verbryuggen uchrashuvni davom ettira olmaydigan bo'ldi. Uning o'rniga zaxira darvozaboni Mark Flekken maydonga tushmoqda.
65' – Niderlandiya terma jamoasi tarkibida ham ilk o'zgarish amalga oshirildi. Bosh murabbiy hujum chizig'ini kuchaytirmoqda: maydonni Doniell Malen tark etdi, uning o'rniga bahsga Brayan Brobbi qo'shildi.
62' – Yana bir xavfli vaziyat! Niderlandiyaliklar chap qanotdan vakillarimiz himoyasini yorib kirishdi. Kodi Gakponing jarima maydonchasi ichiga aniq uzatgan to'pini Krisensio Sammervill juda yaqin masofadan darvozaga yo'lladi. Baxtimizga, raqib futbolchisining zarbasi noaniq ketdi.
55' – Xavfli vaziyat! Niderlandiya terma jamoasi vakillari maydonimiz markazida o'ta tezkor kombinacion hujum tashkil etishdi. Hujum yakunida Kodi Gakpo qulay poziciyadan darvozamizga kuchli zarba yo'lladi. Baxtimizga, to'p darvoza to'sinining biroz yuqorisidan o'tib ketdi. O'yin tempi yuqorilamoqda.
54' – O'zbekiston terma jamoasi tarkibida ilk o'zgarish! Bosh murabbiy hujum chizig'ini yangilashga qaror qildi: maydonni 11-raqamli futbolchimiz Oston O'runov tark etdi, uning o'rniga o'yinga Dostonbek Hamdamov qo'shildi.
53' – Vakillarimizdan xavfli standart vaziyat! Abbosbek Fayzullayev jarima to'pini raqib darvozasi tomon havolatib uzatib berdi. Niderlandiya darvozaboni Bart Verbryuggen to'pni qaytarish uchun oldinga chiqqanda, himoyachimiz Abduqodir Husanov bilan havoda kuchli to'qnashib ketdi. O'yin to'xtatildi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
52' – Niderlandiyaliklar tomonidan amalga oshirilgan burchak to'pidan so'ng darvozamiz oldida o'ta xavfli vaziyat yuzaga keldi. Jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga mezbonlar sardori Virjil van Deyk chiqib bordi va bosh bilan kuchli zarba yo'lladi. To'p darvoza to'sinining yonidan o'tib ketdi.
51' – Niderlandiyaliklardan xavfli hujum. Krisensio Sammervill jarima maydonchamiz ichidan darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. Baxtimizga, himoyachi Jahongir O'rozov to'p yo'liga g'ov bo'ldi – uning oyog'iga tekkan to'p maydonni tark etdi. Burchak to'pi.
46' – Ikkinchi bo'lim boshlandi! Jamoalar maydonga qaytishdi. Vayronkor hujumlarni kutib qolamiz.
45+3' – Birinchi bo'lim yakunlandi! Bosh hakamning hushtagi chalinib, jamoalarni tanaffusga yo'lladi.
Penaltidan kiritilgan yagona gol evaziga hozircha Niderlandiya terma jamoasi oldinda bormoqda. Biroz dam olamiz va ikkinchi bo'limda vakillarimizdan gollar kutib qolamiz.
Niderlandiya – O'zbekiston – 1:0 (Birinchi bo'lim yakuni)
45+2' – Vakillarimiz birinchi bo'lim so'ngida hujum tashkil etishdi. Sardor Eldor Shomurodov olis masofadan raqib darvozasini nishonga oldi, biroq uning bergan zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi. Bart Verbryuggen uchun hech qanday xavf tug'dirilmadi.
45' – Birinchi bo'limning asosiy vaqti tugadi. Uchrashuv bosh hakami tomonidan birinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.
44' – Niderlandiyaliklarning navbatdagi hujumi. Doniell Malen vakillarimiz jarima maydonchasi ichida Husanov bilan to'qnashib, maydonga yiqildi. Raqiblar penalti kutishgandi, biroq bosh hakam qoida buzilmagan deb topdi va o'yinni davom ettirishni buyurdi.
43' – Vakillarimiz muvozanatni tiklash uchun oldinga intilishmoqda. Eldor Shomurodov raqib jarima maydonchasi markaziga tomon xavfli uzatmani amalga oshirdi. Biroq u erga yugurib borayotgan Akmal Mozgovoy to'pga eta olmadi – Niderlandiya himoyachisi chaqqonroq harakat qilib, xavfni bartaraf etdi.
32' – GOL! Niderlandiya hisobni ochmoqda. Kodi Gakpo 11 metrlik nuqtadan unumli foydalandi. Darvozabonimiz O'tkir Yusupov zarba yo'nalishini to'g'ri topdi va hatto to'pga qo'li bilan tegdi, biroq zarba o'ta kuchli bo'lgani bois uni qaytara olmadi.
Niderlandiya – O'zbekiston – 1:0.
30' – Darvozamiz tomon penalti belgilandi! Vakillarimizdan Jahongir O'rozov o'z jarima maydonchamiz ichida Krisensio Sammervillga qarshi podkatda qo'pollik ishlatdi. Bosh hakam hech qanday ikkilanishsiz 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Vaziyat o'ta jiddiy.
28' – Raqiblar yana uzoq masofadan xavf solishmoqda. Tijjani Reynders darvozamiz sari olisdan kuchli zarba yo'lladi. To'p xavfli traektoriya bilan biroz noaniq ketdi.
24' – Uchrashuvda kichik tanaffus. Havo harorati yuqori bo'lganligi sababli, bosh hakam futbolchilarga suv ichib olish uchun imkoniyat berdi – "cooling break". Murabbiylar maydon chetida futbolchilarga o'z ko'rsatmalarini tushuntirishmoqda.
21' – Niderlandiya terma jamoasi vakillari masofadan baxtini sinab ko'rishdi. Rayan Gravenberx darvozamiz tomon kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p mo'ljalga aniq bormadi va noaniq ketdi.
13' – Raqib jamoa yana hujumda. Denzel Dumfris o'ng qanotdan jarima maydonchasi markaziga havolatib to'pni uzatdi. Qulay nuqtada turgan Tijjani Reynders yaqin masofadan bosh bilan darvozaga zarba yo'lladi, biroq uning urinishi noaniq ketdi.
Uchrashuvni amerikalik ayol kam Alissa Pennington boshqarib bormoqda.
10' – Niderlandiyaliklardan yana bir xavfli vaziyat! Kodi Gakpo chap qanotdan tezlik bilan jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va to'pni markazga uzatdi. Baxtimizga, qulay poziciyada turgan Doniell Malen zarba berish imkoniyatini boy berdi.
9' – Raqibdan o'ta xavfli hujum! Krisensio Sammervill himoyachilarimiz ortidan ochilib, darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin edi. Biroq O'tkir Yusupov o'z vaqtida oldinga chiqib, xavfni bartaraf etdi va to'pni uzoqlashtirib yubordi.
5' – Niderlandiya terma jamoasining chap qanotdan tashkil etgan hujumi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Mikki van de Venning jarima maydonchasi ichiga oshirgan uzatmasi noaniq ketdi. To'p maydonni tark etmoqda.
4' – O'zbekiston terma jamoasida standart vaziyat. Abbosbek Fayzullayev jarima to'pini raqib jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi. Niderlandiya himoyachilari to'pni qaytarishga erishishdi, biroq qaytgan to'pga Otabek Shukurov kuchli zarba berdi. Noaniq.
2' – Vakillarimizdan ilk xavfli yurish! Abbosbek Fayzullayev maydon markazidan Eldor Shomurodovni oldinga boshlab, to'pni unga uzatdi. Biroq Niderlandiya sardori Virjil van Deyk tajribasi evaziga ishonchli harakat qilib, to'pni bexavotir o'z darvozaboni Bart Verbryuggenga yetib borishini taminladi.
1' – Uchrashuvga start berildi!
Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishdi. Niderlandiya terma jamoasi oq-lolarang, O'zbekiston vakillari esa ko'k rangli liboslarda harakat qilishadi. Har ikki mamlakat davlat madhiyalari yangramoqda. Katta o'yin boshlanish arafasida.



