"Liverpul" va van Deyk shartnoma bo'yicha qaror qabul qilishni kechiktirdi

Sherzod Nurmatov
13 noya 2026, 19:55
"Liverpul" sardori Virjil van Deyk va klub rahbariyati shartnomani uzaytirish bo'yicha hozircha yakuniy qarorga kelmagan, deya xabar bermoqda BBC.

35 yoshli niderlandiyalik futbolchining amaldagi kelishuvi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Muzokaralar 2027 yilgacha cho'zilishi mumkin.

Van Deykning o'zi xotirjamlikni saqlamoqda va jamoadan ketishi mumkinligini ham istisno etmayapti. Shu bilan birga, u yuqori darajada o'yin namoyish etmoqda: 2026/27 yilgi mavsum u har bir o'yinda o'rtacha 60,7 ta aniq uzatmani amalga oshirmoqda, 3,5 ta yakkakurashda g'olib chiqmoqda va 7,1 marta to'pni jarima maydonidan uzoqlashtirmoqda. Futbolchi 15 ta o'yinda hozircha samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

Himoyachi atrofidagi vaziyatni "Milan" va "Yuventus" diqqat bilan kuzatib bormoqda - ular 2027 yilning yanvarida o'yinchi bilan dastlabki shartnoma imzolash huquqiga ega bo'ladi. "Liverpul" sardorni saqlab qolishga harakat qilishi kutilmoqda, ammo yakuniy qaror mavsum oxiridan oldin qabul qilinmaydi.

Transfermarkt portali himoyachining transfer qiymatini 15 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC