So’nggi yangiliklar

10:45Эрик тен Хаг АПЛда иш бошлаши мумкин  0 10:16Гвардиола: "Умид қиламан..."   0 09:48"Барселона" бир шарт билан Маркус Рэшфордни сотиб олиши мумкин  2 09:20ПСЖ етакчиси "Бавария"га қарши учрашувни ўтказиб юборади  5 08:53"Барселона" ТОП ҳужумчини 65 миллион еврога сотиб олиши мумкин  5 08:26АПЛда навбатдаги истеъфо рўй берди  0 07:57Суперлига. Тошкент дербиси билан тур якунланади  10 07:45Ла Лига. "Бетис" йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Антони иккита гол урди ва битта голли узатмани амалга оширди  5 07:30Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" навбатдаги турини ўтказади  6 02:45А Серия. "Милан" ва Рома" ўртасидаги ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  6 01:51Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида ақлбовар қилмас камбэк қайд этилди  6 00:52Холанд жорий мавсум "Ман Сити" ва Норвегия терма жамоаси сафида 16 ўйинда 26 та гол урди  0 00:30Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди  37 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Борнмут"ни мағлуб этди, Ҳусанов ўйинда иштирок этмади  18 22:30Суперлига. "Қўқон-1912" "Машъал"га мағлуб бўлди, "Сўғдиёна" эса "Қизилқум"ни йирик ҳисобда енгди.  0

"Neftchi" – "Andijon" va "Bunyodkor" – "Nasaf" uchrashuvlarida penalti holatlari bo'lganmidi? 24-turdagi hakamlik tahlili Yangiliklar

"Neftchi" – "Andijon" va "Bunyodkor" – "Nasaf" uchrashuvlarida penalti holatlari bo'lganmidi? 24-turdagi hakamlik tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan Superliganing 24-tur o'yinlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

"Xorazm" – "Navbahor"

Bizningcha, bu vaziyatda hakam penaltini to'g'ri belgiladi. "Navbahor" o'yinchisi jarima maydoni ichida boshi bilan to'pni himoyachidan oshirib o'tkazmoqchi bo'lganida, himoyachi ehtiyotsizlik bilan qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Oyoq va bosh o'rtasida to'qnashuv mavjud, ammo butsaning tishlari orqali zarba berilmagani uchun penalti belgilash va qoidabuzarga sariq kartochka ko'rsatish to'g'ri qaror hisoblanadi.

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI


"Xorazm" "Navbahor"

"Xorazm" jamoasi o'yinchisi qoidani jiddiy ravishda buzib, raqibining to'pig'idan yuqorisiga butsasining tishlari bilan tashlandi. U kichik sakrash bilan yakkama-yakka kurashga kirishdi, bu ham "bosish" elementi hisoblanadi. Bularning barchasi raqibga ataylab shikast etkazish niyati borligidan dalolat beradi. Hakam mezbon jamoa o'yinchisini maydondan chetlatib, to'g'ri qaror qabul qildi.

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI


"Xorazm" "Navbahor"

"Navbahor" darvozaboni o'z jarima maydoni ichida ehtiyotsizlik bilan harakat qilib, to'pga tegmasdan raqibni oyog'i bilan yiqitdi. To'g'ri qaror – intizomiy choralar qo'llamasdan penalti belgilash.

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI


"Buxoro" "Paxtakor"

Fikrimizcha, hakam penalti belgilamasdan to'g'ri qaror qabul qildi. Taqdim etilgan takrorlarda na qoqilish, na "bosib o'tish" holati ko'ringan. VAR vaziyatga noo'rin aralashgan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI


"Buxoro" "Paxtakor"

Nazarimizda, "Buxoro" jamoasi futbolchisi ehtiyotsiz qo'pollik sodir etdi. To'g'ri, u dastlab to'pga tegdi, biroq keyin ikkinchi oyog'i bilan raqibini yiqitdi. Yakkama-yakka kurashga kirishish uslubidan ko'rinib turibdiki, u raqibining xavfsizligini o'ylamayapti. To'g'ri qaror – jarima zarbasi belgilash va qo'pol o'yin uchun sariq kartochka ko'rsatish. "Paxtakor" jamoasi futbolchisi esa bunga javoban nosportcha xatti-harakat qildi va u ham ogohlantirilishi lozim.

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI


✅❌ "Neftchi" "Andijon"

Podkatdan so'ng "Neftchi" o'yinchisi o'z ixtiyori bilan yiqildi, hech qanday to'qnashuv ko'rinmaydi. Hakam vaziyatni to'g'ri baholab, o'yinni davom ettirdi, biroq u simulyaciya uchun mezbon jamoa o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi.

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI


"Bunyodkor" "Nasaf"

Bizningcha, bu epizodda hakam "Bunyodkor" foydasiga erkin zarba belgilashi va "Nasaf" o'yinchisiga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatishi lozim edi. Oyoqlarda to'qnashuv ko'rinmayapti, aksincha hakamni aldashga urinish kuzatilmoqda. Hakam penalti belgilash orqali xatoga yo'l qo'ydi.

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI


Shu tariqa, Superliganing 24-tur o'yinlarida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'ydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

+5   
08 okt 17:02:48
Karaev Mansur
Насап учун Хар уйинда пенальти накидку, буни конуний расмийлаштириб куйиш керак булди
+5   
08 okt 17:02:25
Karaev Mansur
Насап учун Хар уйинда пенальти накидку, буни конуний расмийлаштириб куйиш керак булди
+2   
08 okt 21:01:17
salom salom
NASF SHU SEZONDA YASAMA PENALTIDAN ANCHAGINA OCHKO ISHLAB OLDI
+2   
08 okt 19:44:18
ЮВЕНТУС-10
Насаф хам судиялар билан бу мавсум жуда куп очко йигди аслида Черан ва Яна битта тахта лионери билан бу уринга туриши мумкинмас.
   
08 okt 17:13:15
Google User
Karaev Mansur foydalanuvchining fikriga javob berish
Насап учун Хар уйинда пенальти накидку, буни конуний расмийлаштириб куйиш керак булди
Xato belgilangani sabab Nasaf o'yinchisi penaltini ataylab o'zi urmadi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика